Graduate Management Admission Test yoki GMAT biznes maktablariga magistratura bosqichi uchun ariza berish jarayonida talab etiladigan muhim imtihon ko’rsatkichidir. GMAT testlari test tuzuvchi tashkilot - GMAC tomonidan ishlab chiqilib, asosan, magistraturaning biznes yo’nalishida o’qimoqchi bo’lgan talabalarning bir necha ko’nikmalarini tekshirishga mo’ljallangan. Mazkur imtihondan erishilgan yuqori ball AQSH va boshqa ko'plab mamlakatlarda MBA va boshqa iqtisodga oid magistratura dasturlarida o'qishingiz uchun eshiklar ochadi. GMAT imtihonida sizning fundamental arifmetika, algebra, geometriya, ko’p manbaali ma’lumotlarni tahlil qilish va grammatika bo'yicha bilimlaringiz sinovdan o’tkaziladi va shu bilan birga, yozma materiallarni tahlil qilish va baholash, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz o’lchanadi. Axborotlarni yaxshi tahlil qilish qobiliyati yuqori GMAT bal olishning kaliti hisoblanadi va bu talabaning MBA (Masters of Business Adminstration)dasturiga qabul qilinishida muhim rol o’ynaydi. GMAT imtihoni to’rtta alohida bo’limni o’z ichiga oladi va ular quyidagilardan iborat:
- analytical writing assessment;
- integrated reasoning;
- quantitative;
- verbal;
“Quantitative” qismi sizning boshlang’ich matematik tushunchalar, jumladan arifmetika, raqamlar va ularning xususiyatlari, algebra va geometriya bo’yicha analitik bilimlaringizni sinab ko’rish uchun mo'ljallangan. Bu qismda sizga ikki xil turdagi savollar beriladi, birinchisi – “Data sufficiency”, ikkinchisi – “Problem solving”.
“Data sufficieny”da sizga bitta savol va 2 xil ma’lumot beriladi, sizning vazifangiz esa berilgan ma’lumotlar savolga javob topish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlash.
“Problem solving” klassik ko’rinishdagi test bo’lib, sizga o’rta maktab matematikasi, algebra yoki geometriyaga oid savol va beshta javob varianti beriladi va vazifangiz to’g’ri javobni topish hisoblanadi.
Matematika fani o`qituvchilari “Quantitative” bo`limidan 51 balldan kamida 37 ball to`plaganda bu sertifikat 50% ustama olish uchun yetarli bo`ladi.
Maktabimizda 4 nafar matematika o`qituvchisi faoliyat yuritmoqdamiz. Men Kenjayev Bahodir, shogirdlarim: Matkarimov Bekzod, Abdullayev Hamidjon, O`rolova Maqsuda.
Men va Hamidjon G`ayrat Rahimovning 2022 yil 26-dekabridan faoliyatini boshlagan GMAT sertifikatiga tayyorgarlik 1-guruhida imtihonlarga tayyorgarlik qildik. Shogirdim Hamidjon 2022 yil dekabr oyida o`tkazilgan Milliy sertifijkat imtihonida 91,2 % yuqori natija ko`rsatib qisqa fursatda GMAT imtihoniga tayyorgarlik jarayonini yakunlab 2023 yil 3-fevral kuni GMAT sertifikati uchun imtihonni muvaffaqiyatli topshirib GMAT sertifikatini qo`lga kiritdi. Men imtihon kunini 2023 yil 24-fevral kuniga belgilab qattiq tayyorgarlik ko`rdim va imtihonni muvaffaqiyatli topshirdim. Yanvar oyi oxiri va fevral oyi o`rtasida MOK testlarini topshirib 51 balldan 49 ballni qo`lga kiritgan edim. Asosiy imtihonni ham 49-minutda yakunlab 49 ballni qo`lga kiritdim. Hozirda men ham, Hamidjon ham oyligimizga qo`shimcha 50% ustama olayapmiz. Shogirdlarim Matkarimov Bekzod, O`rolova Maqsuda G`ayrat Rahimovning GMAT sertifikatiga tayyorgarlik 4-guruhida tayyorgarlik boshlab yubordilar. O`ylaymanki, ular ham tez ora GMAT sertifikatini qo`lga kiritadilar.
Quyida GMAT sertifikatiga tayyorlash bo`yicha respublikamizda yetakchi mutaxasis G`ayrat Rahimov e'tirofini keltirib o`taman:
Bugun yana bir nafar test takerimiz-Xorazmiy avlodidan - Hamijon Abdullaev 90 foiz natija qildilar! Hamidjonni 45 ballik GMAT SERTIFIKATni olganligi bilan tabriklaymiz! Qolganlarga ham omad tilaymiz!
Assalomu alaykum! Yoshlari ulug' Ustoz-O'qituvchilarimiz ham Sertifikatlanishni boshlashdi. Bugun Yoshullilar elidan, Respublikamizda birinchi GMAT sertifikatiga ega bo'lgan Yoshullimiz Bahodir Aka 96% natijaga erishdilar. Tabriklaymiz! Doimo sog'-omon bo'ling! Izdoshlaringiz ko'payaversin! Sizni yoshingizda bizlarga ham dunyoning eng zo'r kadrlari bo'lib yurish nasib qilsin! Hurmat ila, G'ayrat Rahimov!