gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Matematika fanidan aprel (UZB, Rus, Eng) olimpiadasi

Matematika fanidan aprel (UZB, Rus, Eng) olimpiadasi

2023 yil mart oyida mart olimpiadasi o`tkazilgan edi. Olimpiada 30 ta test savolidan iborat bo`lib 1-10-savollar 0,9 ball, 11-20-savollar 1,5 ball bilan, 21-30-savollar 2,6 ball bilan baholanib unda birinchi o`nlikdagi savollardan 5 tasi rus tilida, ikkinchi o`nlikdagi savollardan 5 tasi ingliz tilida edi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 45 daqiqa vaqt berildi. Olimpiada g`oliblari faxriy, maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi. Olimpiada topshiriqlari tahlili jarayonida o`quvchilarda men kutganimdan yuqori darajada rus, ingliz tilidagi topshiriqlarni tushunishi va yechishi meni xursand qildi. Hozirdan matematikani rus, ingliz tilida ham o'rganishi kelajakda foydali boʻladi deb o'yladim. Va aprel olimpiadasida ham rus, ingliz tilidagi test topshiriqlaridan foydalanishga qaror qildim. Oldingi olimpiadadan farqi shunda bo`ldiki, endi uchinchi o`nlikdagi test topshiriqlarining ham 5 tasi ingliz tilida berildi. Ya'ni 30 test savolidan 15 tasi o`zbek, 5 tasi rus, 10 tasi ingliz tilida berildi. Berilgan vaqt o`zgarmadi, ya'ni, 45 daqiqa.  O'quvchilar bilan olimpiada vaqtigacha bir oy qolganda foydalaniladigan rus, ingliz tilidagi adabiyotlar sinflar telegramm guruhlariga tashlab berildi va qoʻshimcha mashgʻulotlar o'tildi. Bunda o'zimning OTM rus guruhiga hujjat topshirgan bitiruvchilarni matematikadan OTM kirish test savollariga tayyorlaganim, Xalqaro GMAT sertifikatini olish uchun qilgan tayyorgarliklarim yordam berdi. 

1. mart-uzb-rus-eng-olimpiadasi-2023-gurlan-41-uotm.rar [26,22 Kb] (cкачиваний: 24)
2. aprel-uzb-rus-eng-olimpiadasi-2023-gurlan-41-uotm.rar [37,11 Kb] (cкачиваний: 15)





Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]