gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Mukofot muborak bo`lsin!















Yusupov Faxraddin Davlatboyevich  Gurlan tumani Birlashgan qishlog`i Birlashgan mahallasida tavallud topgan. Shu tumandagi 31-umumiy o`rta ta'lim maktabini a'lo baholarga bitkazib Toshkent Davlat Universiteti (Hozirgi O`zbekiston Milliy Universiteti) fizika fakultetiga o`qishga kirgan. 1993 yili universitetni muvaffaqiyatli yakunlab tumandagi 3-litsey hozirgi 41-umumiy o`rta ta'lim maktabiga ishga qabul qilingan. 2007 yil 1-noyabrdan shu maktabda o`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. O`qituvchilik faoliyati davomida ko`plab o`quvchilari fan olimpiadasi, bilimlar bellashuvi viloyat, respublika bosqichlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan. Bugungi kunda shogirdlaridan Bo`tanov Hakimboy fizika sohasida ilmiy izlanish olib borib yevropa, osiyoning nufuzli universitetlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.  Maktabda o`quv tarbiya jarayonini to`g`ri yo`lga qo`yish, bo`sh o`zlashtiruvchi, iqtidorli o`quvchilar bilan ishlashni, o`quvchilarni oliy o`quv yurtlariga tayyorlashni  tizimli tashkil qilganligi sababli maktabimiz 2019 yili milliy reytingda respublikada 10000 ga yaqin maktab ichida faxrli 6-o`rinni egalladi. Bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, turli ko`rik-tanlovlar viloyat, respublika bosqichlarida o`quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek o`qituvchilarning o`z ustida ishlashlarini to`g`ri, tizimli tashkil qilinganligi sababli o`qituvchilar salohiyati yildan yilga o`sib bormoqda, oliy, 1-toifali o`qituvchilar ulushi oshmoqda. O`qituvchilar mutaxasisligi bo`yicha o`tkazilayotgan olimpiada, ko`rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Faxriddin aka ikki farzandning otasi, bitta nevaraning bobosi. Turmush o`rtog`i Rohatoy opa Jabborova tumandagi 31-umumiy o`rta ta'lim maktabida ingliz tilidan dars beradi. Farzandlarining kattasi Alisher tibbiyot yo`nalishini tanlagan. Alisher nevrologiya yo`nalishi bo`yicha magistraturani muvaffaqiyatli yakunlab Toshkentda xususiy klinikada faoliyat yuritmoqda. Yaqinda Chexiya davlatida bo`lib o`tgan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashib keldi. Qizi Yorqinoy Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti Informatika yo`nalishi 3-bosqich talabasi. Maktabimiz jamoasi Faxraddin aka Yusupovga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, keyingi ish faoliyatida ham yuqori natijalarga erishib davlatimizning orden, medal, unvonlari bilan taqdirlashishini tilaymiz.


Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]