gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: MAKTABIMIZ FAXRI: SAPAYEVA DILNOZA «YANGI O‘ZBEKISTON IFTIXORI» KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI!

10-06-2026, 18:16
Har bir ta’lim maskanining chinakam boyligi, uning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yetishtirib chiqargan barkamol avlodi va muvaffaqiyatli shogirdlari bilan o‘lchanadi. Bugun maktabimiz jamoasi, ustoz va murabbiylari uchun g‘oyat quvonchli hamda unutilmas kun!
​Maktabimizning sobiq o‘quvchisi, bugungi kunda o‘zining iqtidori, ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqi va ijtimoiy faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan Sapayeva Dilnoza yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
​  Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Respublika ilmiy konferensiyasi” hamda uning doirasidagi “Yangi O‘zbekiston iftixori” forumida Dilnoza o‘zining erishgan yutuqlari va intilishlari samarasi o‘laroq, faxrli “Yangi O‘zbekiston iftixori” ko‘krak nishoni hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.




Yangiliklar :: Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika turniri o‘tkazildi

28-05-2026, 18:08
Urganch davlat universitetida atoqli matematik olim, akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika fani bo‘yicha “Xotira turniri” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli turnirda viloyatimizdagi umumta’lim maktablaridan 60 nafarga yaqin matematika faniga qiziqadigan, bilimga chanqoq hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Bellashuv jarayonida yosh matematiklar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va mustahkam bilim salohiyatini namoyon etib, qiziqarli hamda murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.


Yangiliklar :: MAKTABIMIZDA „SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ“ JARANGLADI!

25-05-2026, 17:38

25-may
kuni maktabimiz hovlisi har qachongidan ham fayzli, hayajonli va shodiyona kayfiyatga burkandi. Ustozlar, bitiruvchilar, ota-onalar hamda muhtaram mehmonlar ishtirokida „Zamonamiz qahramonlari, kelajagimiz egalari“ ruhidagi tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.






b

Yangiliklar :: BILIMLAR BELLASHUVI: 11-A SINF OʻQUVCHILARI OʻR TASIDA "SOʻNGGI QONGʻIROQ OLIMPIADASI" OʻTKAZILDI!

22-05-2026, 17:14
Maktabimizda bitiruvchi 11-sinf oʻquvchilari uchun qizgʻin pallalar davom etmoqda. Bugun, 22-may kuni, matematika faniga ixtisoslashtirilgan 11-a sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻzgacha bir intellektual bellashuv — "Soʻnggi qoʻngʻiroq olimpiadasi" tashkil etildi.
​Ushbu olimpiadada fan sirlarini mukammal egallagan, matematika yoʻnalishida yuqori bilim va salohiyatga ega boʻlgan eng iqtidorli yoshlarimiz ishtirok etishdi.



Yangiliklar :: MATEMATIKA FANIDAN LIGA MUSOBAQALARINING 4-BOSQICHI O‘TKAZILDI!

22-05-2026, 17:11
Bugun, 22-may kuni soat 13:00 da maktabimizda 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan intellektual liga musobaqalarining navbatdagi 4-bosqichi (4-LM) start oldi.


Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 65 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Июнь 2026 (4)
Май 2026 (11)
Апрель 2026 (2)
Март 2026 (6)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]