Bugun maktabimiz hayotida unutilmas va tarixiy kunlardan biri! Axborot texnologiyalari asrida mamlakatimiz bo‘ylab yosh dasturchilarni kashf etishga qaratilgan "Besh million dasturchi" yirik loyihasi doirasida 41-sonli maktabimizning naqd 6 nafar o‘quvchisi yuqori natijalarni qayd etib, zamonaviy noutbuklar bilan taqdirlandilar!
Ushbu muvaffaqiyat nafaqat maktabimiz, balki butun mahallamiz faxridir. E'tiborlisi shundaki, tuman bo'yicha ajratilgan jami 16 ta noutbukning Bu ko'rsatkichning salmoqli qismi — 6 tasi esa aynan bizning 41-maktab o‘quvchilari hisobidadir!
Bizning faxrlarimiz bilan tanishing:
8-sinf oʻquvchilari: Sherimmetov Behruzbek, Sobirova Sevinchoy
9-sinf oʻquvchilari: Baxtiyarova Muxlisa, Iskandarov Bunyod, Aqmanov Nodirbek
10-sinf oʻquvchisi: Xaytboyev Munisbek
???? Zahmatkash ustozlarimizga ehtirom!
Har qanday ulkan g‘alaba zamirida, shubhasiz, fidoyi ustozlarning poydevordek mustahkam mehnati yotadi. O‘quvchilarimizga zamonaviy axborot texnologiyalari sirlarini qunt bilan o‘rgatib, ularni IT olamiga yetaklagan Informatika fani o‘qituvchisi G'ulomjon Matkarimovning xizmatlarini alohida e'tirof etamiz! Ustozning to‘g‘ri yo‘nalishi va professional yondashuvi bugun o‘zining shirin mevasini berdi.
Shuningdek, har bir o‘quvchining ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlagan, ruhlantirgan va motivatsiya bergan sinf rahbarlarining ham mehnati ushbu yutuqda beqiyosdir!
Ushbu muvaffaqiyat yo'lida tashabbus ko'rsatgan maktabimiz ma'muriyati, xususan zavuchimiz Yusupov Faxriddin boshchiligidagi barcha ustozlarga va farzandlarining kamolini ko'rayotgan ota-onalarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Kelajak IT mutaxassislari, dasturchilar va startapchilar — bizning maktabdan chiqadi! Qadamlar qutlug' bo'lsin, yoshlar!





Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar