gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika olimpiadasi Buxoroda o‘tkazildi

28-10-2019, 15:22
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida 25-26 oktabr kunlari Buxoro shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika olimpiadasi (qo`shimcha respublika olimpiadasi) o‘tkazildi.
      Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika faniga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.



Yangiliklar :: Olimpiada viloyat bosqichi g`oliblari taqdirlandi.

27-04-2019, 14:33
  Maktabimiz 10-sinf o`quvchisi Lobar Boboxo`jayeva matematika fanidan “Fan olimpiadasi” viloyat bosqichida 100 imkoniyatdan 89 ball to`plab 3-o`rinni egalladi va VXTB ning III darajali diplomi va medali bilan taqdirlandi. Olimpiada yozma ish shartida 50 balldan 49 ball to`plab birinchi natija ko`rsatdi. 
VXTB va UrDU tomonidan yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “Muhammad al-Xorazmiy” matematiklar olimpiadasi dastlabki saralash bosqichi 1-o`rin ( viloyatning 447 nafar 10-11- sinf o`quvchilari ishtirok etgan), yakuniy bosqichda 5-o`rinni egallagan. VXTB, UrDU va Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi diplomi va qimmatbaho sovg`asi (USB 3.1 Gen 1 PORTABLE HARD DRIVE) bilan taqdirlandi.



Yangiliklar :: Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus

25-04-2019, 15:16
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus bo`yicha maktabimizda tuman umumiy o`rta ta'lim maktablari uchun tadbir tashkil qilindi. Tadbirda tuman maktablari o`quvchilari rassaomchilik, kitobxonlik, tikuvchilik, AKT bo`yicha savodxonlik va sportning stol tennisi va shahmat sport turlari bo`yicha bellashdilar. Shuningdek maktabimiz sinf rahbarlari va to`garak rahbarlari tomonidan ochiq mashg`ulotlar o`tkazildi. 5 ta muhim tashabbus bo`yicha maktab o`quvchilari tomonidan tayyorlangan tadbir namoyish qilindi. 


Yangiliklar :: Tuman hokimi maktabimizda

1-04-2019, 15:06
Tuman hokimi Alisher Salayev 2019 yil 29 mart kuni maktabimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida tuman hokimi maktabning matematika faniga ixtisoslashgan 5a​ sinfida bo`ldi va o`quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek maktabda jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan tanishib maktab o`quvchilari "Quvnoq startlar" musobaqasida viloyat bosqichiga yo`l olganligi bilan tabriklab ularga keyingi bosqichda omad tiladi.


Yangiliklar :: Mart oyi - tabiiy fanlar oyligi

8-03-2019, 13:50

Maktabimizda 4 mart kuni "Mart oyi- tabiiy fanlar oyligi" munosabati bilan hududiy seminar o`tkazildi. Shu kuni barcha sinflarda dars mashg`ulotlari "Ochiq" deb e'lon qilindi. TXTB metodisti Fazilat Matyakubova va yaqin hududda joylashgan biologiya, fizika, kimyo ustozlari tashrif buyurdilar va ochiq darslarda, tadbirlarda ishtirok etishdi. 
Назад 1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 57 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]