2019 yil 11 fevral kuni "Muhammad al-Xorazmiy" nomli olimpiadaning dastlabki 1-bosqich natijalari e'lon qilindi. Viloyat Xalq Ta'lim Boshqarmasi Urganch Davlat Universiteti bilan hamkorlikda matematika fanidan “Al-Xorazmiy olimpiadasi”ga saralash bosqichi 8 yanvar kuni soat 13:00 da Olimpiadaning tuman bosqichini o‘tkazilayotgan binoda bo‘lib o‘tdi. “Al-Xorazmiy olimpiadasi”ga saralash bosqichida o‘tgan o‘quv yili
9 sinf o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining matematika fani bo‘yicha tuman bosqichida birinchi beshtalikka kirgan o‘quvchilar va 11 sinf o‘quvchilarining barchasi qatnashishi shartligi belgilandi. Olimpiada dastlabki saralash bosiqchida viloyatning 447 nafar 10-11-sinf o`quvchilari qatnashdi. Unda maktabimiz 10-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 50 imkoniyatdan 40 ball to`plab 1-o`rinni egalladi.