gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Sirtqi fan olimpiadasi yakunlandi.

Sirtqi fan olimpiadasi yakunlandi.

2016-yil 4-iyun kuni sirtqi fan olimpiadasi yakuniy 4-tur o`tkazildi. Sirtqi olimpiada dastlabki uchta turi bo`yicha matematika, fizika, kimyo, informatika fanlaridan  kuchli 25 talikka kirgan o`quvchilar berilgan 2,5 soat mobaynida soat 9:00 dan 11:30gacha tashkiliy qo`mita tomonidan tuzilgan 5 tadan masalani yechdilar. Maktabimizdan dastlabki uch tur bo`yicha 4 nafar o`quvchimiz kuchli uchlikdan joy olishdi. Jumladan matematika fanidan Xaytboyev Xumoyun 180 ball bilan I-o`rin, kimyo fanidan Shahzod Davlatboyev 259 ball bilan II-o`rin, Azimboy Eshchanov 186 ball bilan III-o`rin, fizika fanidan Bobur Yo`ldoshev 86 ball bilan III-o`rinni egallashdi. Bu to`plangan ballar va o`rinlar faqat   4-turda qatnashish imkoniyatini berardi. Shu sababli 4- turda to`plangan ballargina g`oliblik uchun yetarli bo`lishi kerak edi. Berilgan har bir masala 5 balldan, jami 25 ball top`lash mumkin bo’lgan bellashuvda matematika fanidan 19 ball top`lagan( belgilangan vaqtdan yarim soat oldin chiqqani-yu, 4-masala yechimini oq qog`ozga yozmaganini, qora qog`ozda qolib ketganini tushunish qiyin) Xumoyun Xaytboyev II-o`rinni egalladi va Urganch Davlat Universiteti va Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasining II-darajali diplomi va badiiy kitob  bilan, ustozi Kenjayev Bahodir tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Kimyo fanidan qatnashgan o`quvchilarimiz to`plagan ballari g`oliblik uchun yetarli bo`lmagan bo`lsa, fizika fanidan Bobur Yo`ldoshev ayrim sabablarga ko`ra ushbu turda qatnashmadi.  Sirtqi olimpiada bo`yicha ayrim mulohazalarimni aytib o`tmoqchiman: Menimcha o`quvchilarning dastlabki uch turda faolligini oshirish uchun shu turlarda top`langan ballar e’tiborga olinishi kerak edi. Masalan o`quvchi har bitta turda 5 ballgacha  yig`nab borishi, ya’ni unung to`plagan bali 20 ga bo`linsa, o`quvchi 90 ball top`lagan bo`lsa, bu turda o`quvchi 4,5 balga ega bo`ladi. Masalan Xaytboyev Xumoyun ushbu olimpiada hal qiluvchi bosqichigacha 9 ball, Shahzod Davlatboyev 12,95 ball, Azimboy Eshchanov 9,3 ball to`plardi. 4-turda top`langan ball qo`shilib g`olib aniqlanganda sirtqi turlar reytingi yuqori bo`lardi. O`ylaymizki keyingi o`quv yilida ushbu bildirilgan fikrlar inobatga olinadi. Sirtqi olimpiada maktabimiz o`quvchilarida katta qiziqish uyg`otdi, ularning bo`sh vaqtlarini bilimlarini oshirishga sarflangani diqqatga sazovardir. 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]