gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Fan olimpiadasi” tuman bosqichi yakunlandi.

“Fan olimpiadasi” tuman bosqichi yakunlandi.

2016 yil 7 yanvar kuni tumandagi 1-umumiy o`rta ta’lim maktabida "Fan olimpiadasi” tuman bosqichi yakunlandi. Maktabimiz o`quvchilari bu bosqichda muvaffaqiyatli qatnashdi deb ayta olmaymiz. Chunki olimpiadada qatnashgan o`quvchilarimizdan faqat bir nafari Xaytboyev Xumoyun matematika fanidan 85 ball to`plab I-o`rinni egalladi.  O`tgan yillar mobaynida Xumoyun  "Bilimlar bellashuvi”  tuman, viloyat bosqichlarida muaffaqiyatli ishtirok etgan. Jumladan   2011-2012-o`quv yilida tumanda  I-, viloyatda V-, 2012-2013- , 2013-2014-, 2014-2015-o`quv yillarida tumanda I-, viloyatda III-o`rinni egallagan. 2014 yilda  2000 yil 1 avgustdan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida  Koreya davlatida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada Respublika I-saralash bosqichida  II-natija ko`rsatgan , II-saralash bosqichida  (Respublika bo`yicha jami 10 nafar o`quvchi, jumladan Xorazm viloyati bo`yicha yagona vakil) ishtirok etgan. 2013, 2014 yillarda Al – Xorazmiy tavalludining 1230, 1231- yilligiga bag`ishlab URDU,  Xorazm M’amun Akademiyasi va VPXMOQTI  tomonidan o`tkazilgan  ilmiy-amaliy konferensiya va matematik bellashuvda faol ishtirok etib g`olib bo`lganligi uchun VPXMOQTI ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlangan. Xumoyunga  "Fan olimpiadasi”  viloyat bosqichida omad tilaymiz. 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]