gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada

Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik butun viloyatimizda qizg`in bormoqda. 2017 yil  25 dekabr kuni ushbu xalqaro olimpiada maktab bosqichi 2004 yil 25 iyuldan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilib, unda maktabning 21 nafar iqtidorli o`quvchilari ishtirok etishdi. 1-o`rinni 6-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek 70 ball bilan, ikkin va uchinchi o`rinlarni 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayev Quvondiq va 6-sinf o`quvchisi Po`latov Farrux 60 ball bilan egalladilar. Ular maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar. 2018 yil 6-yanvar kuni 5-10-sinf o`quvchilari uchun ushbu xalqaro olimpiada tuman bosqichi o`tkazildi. Unda yuqori ball to`plagan har sinfdan 5 nafar o`quvchi, jami 30 nafar o`quvchi xalqaro tanlov viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo`lga kiritdi. Maktabimiz  9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 82 ball, 6-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek 32 ball, Karimboyev Xolnazar 27 ball bilan g`oliblikni qo`lga kiritishdi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]