gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Ma’rifat” gazetasida “Sirtqi fan olimpiadasi” .

“Ma’rifat” gazetasida “Sirtqi fan olimpiadasi” .

Ma’rifat gazetasining 2016-yil 25-may, № 42 (8899) sonida "Sirtqi fan olimpiadasi (pedagogik jamoalarni faollashtirib, o`quvchilarning aniq fanlarga qiziqishini oshirmoqda) mavzusida "Ma’rifat” muxbiri Mahmud Rajabovning maqolasi e’lon qilindi. 

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilarni bilimlar bellashuvi va fan olimpiadasiga puxta tayyorlash, yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish hamda hududdagi  ta'lim muassasalari reytingini aniqlash maqsadida Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda yangi tashabbusga qo`l urdi. Olimp.urdu.uz  sayti yaratilib, dastlab 9-sinf o`quvchilari o`rtasida matematika, fizika, kimyo, informatika fanlaridan sirtqi fan olimpiadalarini o`tkazish bo`yicha buyruq, nizom va baholash mezonlari ishlab chiqildi… 

-7-sinf o`quvchisi Lobar Boboxo`jayevaning matematika fanidan tayyorlagan javoblari 25 varaq bo`ldi. Kompyuter bilan ishlashda yetarli ko`nikmaga ega bo`lmagan o`quvchimning shuncha matnni elektron shaklga keltirishi uchun ko`p mashaqqat va vaqt sarf etilishini hisobga olib, unga o`zim ko`maklashdim,-deydi Gurlan tumanidagi 41-maktabning matematika fani o`qituvchisi Bahodir Kenjayev. – Qo`lda yozilgan 25 varaqdan nusxa ko`chirib, PDF formatda  jo`natdik. 1-turda qo`lyozma nusxasi qabul qilindi. Navbatdagi turda qo`lyozma nusxalarni qabul qilinmasligini eshitgan o`quvchim keyingi turda ishtirok etish uchun kompyuterda tez yozishni va Word matn muharririda yozilgan matnni boshqa formatlarga o`tkazib, internet orqali kerakli manzilga jo`natishni o`rganayapti…

Natijalarni tahlil qiladigan bo`lsak… . Tanlovning 2-turida 680 nafar o`quvchi o`z bilimini sinab ko`rdi. Matematika fanidan Gurlan tumanidagi 41-maktab o`quvchisi Xumoyun Xaytboyev 90 ball… bilan sirtqi olimpiadaning peshqadamlari bo`ldi.

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]