gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Iste’dodlar bo’y cho’zmoqda

Iste’dodlar bo’y cho’zmoqda

Iste’dodlar bo’y cho’zmoqda
Kundan kun rivojlanib dunyo nigohi qaratilayotgan yurtimizda yangidan yangi iste’dodli yoshlar o’z kuch va bilimlarini ko’rsatmoqdalar.Har bir shijoatli yosh avlod uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz ko’plab topiladi.Ular turli tanlov, musobaqalarda qatnashib yuqori o’rinlarni egallamoqda va mehnatlari uchun taqdirlanmoqdalar.
Kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida prezidentimiz farmoniga asosan ko’plab tanlovlar e’lon qilindi. Unda o’quvchi yoshlar o’zlarining bilim va tafakkurini sinovdan o’tkazib, turli qimmatbaho sovg’alarga ega bo’lmoqdalar.Shu maqsad asosida bizning maktabimizda ham “Eng yosh kitobxon” tanlovi o’tkazildi. Tanlov beshta shart yo’nalishida o’tkazildi. Avval o’quvchilar test topshiriqlarini ishladi va testdan o’tgan besh nafar o’quvchimiz qolgan shartlarda o’zaro bellashdilar. G’olib o’quvchi faxriy yorliq bilan taqdirlandi va moddiy tomondan rag’batlantirildi. Ishonamizki, qolgan o’quvchilarimiz ham bu tanlovdan o’zlariga ko’p narsalarni oldilar.

41-maktab o’qituvchisi Mahfuza Masharipova
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]