gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Maktabning eng kitobxon o`quvchisi

Maktabning eng kitobxon o`quvchisi

2018 yil 31 oktabr kuni maktab ma'naviyat zalida "Maktabning eng kitobxon o`quvchisi" ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Ko`rik-tanlov 1-bosqichi ikki hafta oldin o`tkazilgan bo`lib unda maktabning 38 nafar o`quvchisi 30 ta o`zbek adabiyoti va 10 ta jahon adabiyoti asarlari bo`yicha tuzilgan 80 ta test savoliga javob bergan edilar.Keyingi bosqichlarga Test natijasiga ko`ra eng yuqori ball to`plagan 5 nafar o`quvchi to`plagan bali bilan yo`l oldi. Ikkinchi shart yozuvchi haqida ma'lumot, uchinchi shart asardagi matn asosida asar nomi, muallifini topish va mazmunini qisqacha gapirib berish, to`rtinchi shart she'rda tushirilib qolgan so`zlar va she'r nomini topish, beshinchi shart Asar mazmunini gapirib berish. Tadbirda maktab direktori Sh. Jumatov, fan o`quvchilari, 120 nafar o`quvchi qatnashdi. Tadbirda maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev  boshlovchilik qildi. Qatnashchilarning chiqishini ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi M. Masharipova baholab bordi. Yakunda eng yuqori ball to`plagan 10-sinf o`quvchisi Masharipova Sabina g`olib deb topildi va maktab faxriy yorlig`i, 200000 UZS bilan taqdirlandi. Ikkinchi o`rinni 11-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina, uchinchi o`rinni 10-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar egalladi, shuningdek 10-sinf o`quvchisi Ataxanova Sevara, 8-sinf o`quvchisi Matkarimova Hakima ham maktab maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar va yig`ilganlar olqishiga sazovar bo`lishdi.





Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]