"YURT KELAJAGI” IQTIDORLI YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVI.
"Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamkorligida har yili o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu tanlovda 15-25 yoshdagi yoshlar o’z iqtidorlarini namoyon qilishi mumkin. Tanlovning asosiy maqsadi: mamlakatimizda o’sib, voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, iqtidor va iste’dod sohiblari bo’lgan yoshlarga g’amxo’rlik ko’rsatish, qo’llab-quvvatlash, ijod va bilim cho’qqilarini egallashlariga ko’mak berish, iste’dod va intellectual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirish, Respublika bo’ylab turli yo’nalishlarda ijod qilayotgan, o’z qobiliyatini namoyon etayotgan yoshlarni izlab topish, ularning ijodini respublika darajasiga ko’tarish, yangi iqtidor qirralarini ochish, yoshlar orasida sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirishdan iboratdir.
Tanlov to’rt yo’nalish va o’n bir nominatsiya asosida o’tkaziladi:
1. Arxitektura va dizayn yo’nalishi:
a) Arxitektura va interer dizayni
b) Shaharsozlik va landshaft dizayni
2. Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar yo’nalishi:
a) Veb ishlanmalar
b) Dasturiy ta’minot
c) Ratsionalizatorlik takliflar
d) Texnik ishlanmalar
3. An’anaviy va amaliy san’at yo’nalishi:
a) Tasviriy san’at
b) Amaliy san’at
4. Adabiyot va jurnalistika yo’nalishi:
a) Nasr
b) Nazm
c) Jurnalistika nominatsiyalari.
Shu yilning 1-may kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Gurlan maishiy xizmat kasb-hunar kollejida ushbu tanlovning tuman bosqichi o’tkazildi. Tanlovda maktabimiz o’quvchilari ham faol ishtirok qilishdi. Shundan maktabning 9-sinf o’quvchisi Ibragimov Doston "Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar” yo’nalishining "Dasturiy ta’minot” nominatsiyasida faxrli I-o’rinni egalladi. Shu munosabat bilan maktabimiz o’quvchisi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Gurlan tuman kengashi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.