1.Maqolni davom ettiring. Bunda o’quvchilar Vatan va vatanparvarlik mavzusidagi o’zbek xalq maqollarini davom ettirdilar.
2.Test. Har bir guruhga bitta asar o’qish aytilgan edi. Ular shu asar asosida test ishladilar. 5-sinfga X.To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asari asosida, 6-sinfga G’.G’ulomning “Shum bola” asari asosida.
3.Fantomimo sharti. Har bir sinf darslikda berilgan asarlar nomini undagi bir belgi asosida tushuntirdilar.
4.Muallifini toping. ”Sariq devni minib” va “Shum bola” asaridagi qahramonlar aytgan so’zlari keltirildi. U so’zlar kim tomonidan aytilgani topildi.
Tadbirdagi har bir shart qiziqarli tarzda o’tdi va 5-sinfning “Kitobsevarlar “ guruhi g’olib deb topildi.
Masharipova Mahfuza, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi






