gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Matematika –sevimli fanim.

Matematika –sevimli fanim.

Agar atrofimizga e’tibor berib qarasak, har qadamda matematika va uning qoidalari, xulosalari bilan ish olib borayotganimizni ko`ramiz.
Ayniqsa, matematik mantiqqa asoslanib, to`g`ri va kerakli xulosalar chiqarish matematikaning asosiy quroli hisoblanadi. Matematika qadimdan rivojlanib kelayotgan fan bo`lib, hozirda keng imkoniyatlarga ega.
“Matematika” yunoncha “fanlarni bilish” degan ma’noni anglatadi. Shu sababli bo`lsa kerak buyuk Vatandoshimiz Muso al-Xorazmiy: “Matematika sirlarini puxta bilib olgan odam dunyoda eng ulug` inson hisoblanadi” -deb aytgan.
Matematikaning yana bir jihati shundaki, unda xilma-xillik alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan turli zamonda yashagan har xil olimlar Pifagor teoremasining 100 dan ortiq isbotini qila olganlar.
Shu sababli matematikaning bilim ummoniga sho`ng`igan insonlar undan chiqishga qiynalib qolishadi. Negaki, bir savolning javobida yana boshqa savollar yashiringanligi insonlarni o`ylashga, mushohada qilishga chorlaydi. “Matematika – aql gimnastikasi” deyilishi ham bejiz emas, albatta.
Matematikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, G`iyosiddin Jamshid al-Koshiy kabi allomalarimiz ishlarini yangi avlod vakillari a’lo darajada yetkazib davom ettirmoqda.
Men ham kelajakda matematika o`qituvchisi bo`lib, matematika o`quvchilarning sevimli faniga aylanishiga va rivojlanishiga o`z hissamni qo`shmoqchiman.

Boboxo`jayeva Lobar, 9-sinf o`quvchisi.
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]