1-sinf Qurbonboyeva Oygul alifbe darsidan "Pp harfi va Pp tovushi”
2-sinf Matmuratova Saida o`qishfanidan "Qorning ko`p xosiyati bor”
3-sinf Yusupova Gulasal matematika fanidan "Rim raqamlari”
4-sinf Masharipova Mahfuza ona tili fanidan "Qaratqich va tushum kelishigi” mavzulardagi darslarni kuzatishdi.
Dars jarayoni tugagach boshlang`ich sinf o`quvchilari ishtirokida "Yangi yilim – yaxshi yilim” deb nomlangan bayram tadbiri o`tkazildi.
O`quv seminar yakuniy tahlili qilindi. Unda tajribali ustozlardan Rayhon Xo`janiyozova, Davletova Sharofat o`qituvchilarning dars o`tish mahorati, o`quvchilar bilimi, AKT dan foydalanish, o`qituvchining darsda o`zini qanday tutishi, uning eng asosiy yutug`i qayerda, eng asosiy kamchiligi qayerda ekanligi haqida fikr mulohazalar yuritishdi. Yosh o`qituvchilar esa o`zlariga kerakli bo`lgan nimanidir olganliklari haqida gapirishdi.
Umuman olganda seminar tashkilotchilarining ham kuzatuvchi ustozlarning ham maqsadi bir ya`ni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrli, bilimga chanqoq, ziyrak va zehnli bolalarni tarbiyalashdir. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, "Oldimizdagi asrimiz moddiy boyliklar asri emas, balki, ma`naviy boyliklar asri bo`ladi. Ma`nanaviy jihatdan boy bo`lgan joyga, moddiy boylik o`z-o`zidan oqib kelaveradi".
Shunday ekan, yosh avladni tarbiyalashda, ayniqsa, boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan katta mas`uliyat va tinimsiz izlanish talab qilinadi.
Yusupova Gulasal, boshlang`ich sinf o`qituvchisi