Maktabda 21/11-2015 yilda "Yigit - vatan va or himoyachisi” mavzusida yig`ilish o`tkazildi.
Yig`ilish o`tkazilgan joy: Maktab II-qavat foyesi.
Yig`ilishda: Maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, 4 nafar maktab erkak o`qituvchilari, maktabning 5,6,7,8,9 – sinflarida ta’lim olayotgan o`g`il bolalardan 63 nafari qatnashdi.
Yig`ilishda ko`rilgan masala: "Yigit - vatan va or himoyachisi” .
Yig`ilishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev ma’ruza qildi: "Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarga katta e’tibor berilayapti. Ular uchun zamonaviy maktablar, kollej, akademik litseylar qurib berilgan. Ana shu imkoniyatlardan tog`ri foydalanib yoshlar butun diqqat e’tiborini ilm olishga, o`z dunyoqarashini, ma’naviyatini shakllantirishga qaratishi kerak. O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi "O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar tog`risida” PQ-2124-sonli qarori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohatlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo`yicha tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda. Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi vatan himoyachisi bo`lishdan ortiq shon-sharaf ham yo`qdir. Biz uchun muqaddas sajdagoh bo`lmish ona-Vatanni qadrlash, uning erkinligini va ozodligini himoyalash, bu yo`lda kerak bo`lsa jon fido qilish–shu yurtning jasur o`g`lonlari, o`zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo`lib kelgan. Jaloladdin Manguberdi, Amir Temur, Najmiddin Kubro kabi bobolarimiz vatani uchun jonini fido qilgan. Ulardagi vatanvarparlik, or-nomus uchun kurashchanligi biz uchun namuna bo`la oladi”.
Ko`rilgan masala yuzasidan so`zga chiqqan 8-sinf rahbari Sh. Matkarimov, 9 sinf o`quvchisi Rimboyev Nodirbek yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning farovon kelajagi uchunligini aytib, yutimizning kelajagi buyuk yurt farzandlari dunyo ahlini o`z yutuqlari bilan hayratga soladigan vaqt kelganligini ta’kidladi. Shunga intilib, harakat qilib yashashimiz kerakligini bildirdilar.
.