gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Parabola va uning tenglamasi

Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti Matematika yo‘nalishi 1-kurs talabasi Boboxujayeva Lobarning Analitik geometriya fanidan “Parabola va uning tenglamasi” mavzusidagi kurs ishi “Parabola va uning tenglamasi” mavzusini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Talaba Boboxujayeva Lobarning kurs ishi reja asosida adabiyotlardan foydalanilgan holda tahlil qilib chiqilgan va grammatik xatolardan holi va yuqori saviyada yozilgan. Ish yakunida muallif tomonidan aniq xulosalar keltirilgan bo’lib, ular olib borilgan aniq tahlillar natijasidir.
Mazkur kurs ishida yana mavzuga doir misollar keltirilgan bo’lib, kurs ishini bajarishda talaba Boboxujayeva Lobarning nazariy tadqiqotlar olib borishda qobiliyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. 
Talaba Boboxujayeva Lobarning kurs ishi 20 bet , kirish qismi , asosiy qism, xulosa va 6 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, “Parabola va uning tenglamasi” mavzusini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asosiy qism 3 ta banddan tashkil topgan.
Kurs ishining kirish qismida ikkinchi tartibli chiziqlarning tatbiqlari ko‘rilgan. Asosiy qismning birinchi bandida ikkinchi tartibli chiziqlar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Ikkinchi bandida esa parabola va uning kanonik tenglamasi, qutb koordinatalar sistemasidagi tenglamasi, direktrisa va ekstsentrisiteti haqida yozilgan. Uchinchi bandi esa parabolaning asosiy xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, mavzuga doir 6 ta namunaviy misol ham yechib ko‘rsatilgan.
Talaba Boboxujayeva Lobarning kurs ishi “Parabola va uning tenglamasi” 6 ta adabiyot asosida tahlil qilib chiqilgan.
lobarning-kurs-ishi.rar [229,88 Kb] (cкачиваний: 726)
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]