Maktabimiz bitiruvchilari oliy ta'lim muassasalariga o`qishga kirishi 2005 - 2010 -yillar davomida 75-80% ni tashkil qilgan. Keyinchalik 9 yillik ta'limga o`tilgan va 2019-yildan o`quvchilarimiz yana 11-yillik ta'limni maktabda yakunlab boshladilar. Bu esa maktablar reytingini aniqlashda davlatimiz tomonidan ham, vazirlik tomonidan ham, mahalla ahli tomonidan asosiy e'tibor maktab bitiruvchilarining OTM ga kirishi bilan aniqlana boshlandi. O`tgan yili bitiruvchilarimizdan ikki nafari O`zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan bo`lsa (ikki nafari ham kontrakt asosida), Bu yilgi bitiruvchilardan 8 nafari qabul qilingan, shulardan uch nafari grant asosida, 5 nafari kontrakt asosida talabalikka qabul qilindi. Maktabimiz dastlabki oltin medal sohibasi Lobar Boboxo`jayeva matematika fanidan 30 ta testdan 30 ta, fizika fanidan 29 ta test savoliga to`g`ri javob berib jami to`plash mumkin bo`lgan 189 balldan 185,9 ball to`pladi. U nafaqat grant asosida talabalikka qabul qilindi, balki OTM ga kirishda yuqori ball to`plash bo`yicha maktab rekordini ham yangiladi. Avvalgi rekord 2010 yil bitiruvchisi Matyakubov Ergashga tegshli edi. Lobarda samaradorlik 98,4 % ni tashkil qildi. U Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti matematika yo`nalishi talabasi bo`ldi. Fizika fanidan olimpiadachimiz Samandarov Temurbek Jizzax politexnika instituti Elektr texnikasi, elektr mexanikasiva elektr texnologiyalari yo`nalishiga yuqori ball to`plab grant asosida talaba bo`ldi. Rasm, chizma bo`yicha eng iste'dodoli o`quvchimiz Xolboyeva Lobar o`zi eng yaxshi bilgan chizma bo`yicha imtihon bekor qilingandan keyin matematika, ona tilidan test topshirib URDU arxitektura yo`nalishiga grant asosida talabalikka qabul qilindi. Bilimi kuchli, lekin hisob-kitobni oxirigacha olib borishga erinadigan Kenjayeva Shahrizoda matematika fanidan 30 ta testdan 29 ta, fizika fanidan esa 23 ta to`g`ri javobni topib yuqori 164,1 ball bilan URDU matematika fizika-matematika fakulteti matematika yo`nalishiga kontrakt asosida o`qishga qabul qilindi. Maktabning eng kitobxon o`quvchisi, o`quvchi paytida jurnalistika maktabiga qabul qilingan Masharipova Sabina ijodiy imtihon bekor qilingandan keyin ingliz tili va ona tili fanlaridan test topshirib O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti "Harbiy jurnalistika" yo`nalishiga kontrakt asosida o`qishga qabul qilindi. 2019-2020-o`quv yilida bitiruvchi sinf bitta bo`ib, uni 26 nafar o`quvchi bitirgan bo`lsa, talabalikka erishgan 8 nafar o`quvchidan ikki nafari yigitlardir. Sherimmatov Akbar Qoraqalpoq milliy universiteti iqtisod yo`nalishi sirtqi ta'lim turiga, Yangiboyev Fozilbek Samarqand veterinariya meditsinasi instituti agronomiya yo`nalishi sirtqi ta'lim turiga kontrakt asosida o`qishga qabul qilindilar. "Sinf vijdoni" deb men ta'riflagan qizimiz Ataxanova Sevara 157,6 ball to`plab Samarqand davlat chet tillar instituti maktabgacha va boshlang`ich sinflarda ingliz tili o`qitish yo`nalishiga o`qishga qabul qilindi. Shuningdek Nazarboyeva Zebo "Ijtimoiy va gumanitar bilimlar Instituti" Xususiy OTM Boshqarish, iqtisod va huquq fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi sirtqi turiga talabalikka o`qishga qabul qilindi.
2018-2019-o`quv yilida maktabimizda 11-sinfni tugatgan o`quvchilarimizdan 1. Xaytboyeva Shahodat; 2. Jumaboyeva Madina; 3. Sobirova Sohiba; 4. Do`simatov Sarvar; 5. Ko`klanova Zarnigor; 6. Sapayeva Dilnoza. Undan ham avvalgi yillar maktabimizni tugatgan o`quvchilardan 1. O`razmetova Yorqinoy; 2. Do`simmetov Elyor; 3. Siytimmetova Zebo; 4. Davlatboyeva Yorqinoy; 5. Qodirov Akmallar ham bu yil talabalik baxtiga erishdilar. Ularga o`qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Quyidagi jadvalda bu yil 11-sinfni bitkazib OTM talabasi bo`lgan o`quvchilar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
№ | ism, familiya | OTM | yo`nalishi | grant / kontrakt | to`plagan bali | izoh |
1 | Boboxo`jayeva Lobar | URDU | Matematika | grant | 185,9 | |
2 | Samandarov Temurbek | JPI | Elektr texnikasi | grant | 157,5 | |
3 | Xolboyeva Lobar | URDU | Arxitektura | grant | 107,6 | |
4 | Kenjayeva Shahrizoda | URDU | Matematika | kontrakt | 164,1 | |
5 | Masharipova Sabina | O'zJOKU | Harbiy jurnalistika | kontrakt | 104,5 | |
6 | Sherimmatov Akbar | QMU | Iqtisod | kontrakt | 112 | |
7 | Yangiboyev Fozilbek | SamVMI | agronomiya | kontrakt | 86 | |
8 | Ataxanova Sevara | SamDChTI | ingliz tili | skontrakt | 157,6 | |
9 | Nazarboyeva Zebo | IGBI | boshlang`ich ta'lim | kontrakt | - |