gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Xayr, maktab – salom, kollej !

Xayr, maktab – salom, kollej !

Xayr, maktab – salom, kollej !

Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak.

Islom Karimov

Maktabimizda 2013 – 2014 – o`quv yilida Gurlan tumanining "Nukus”, "Shang`i”, "Birlashgan”, "Pulchi”, "Baynal”, "Soxu” hududlaridan jami 247 nafar o`quvchiga25 nafar ustozlar ta’lim – tarbiya berdilar. Bu yil ikki nafar o`quvchimiz matematika fanidan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida qatnashishi maktabda ta’lim – tarbiya ishlari to`g`ri olib borilayotganidan dalolatdir. Jumladan 7-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun 2000 yil 1-avgustdan keyin tavallud topgan o`quvchilar o`rtasida Koreya davlatida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada I-saralash bosqichida respublika bo`yicha II-natija ko`rsatib Toshkent shahrida o`tkazilgan hal qiluvchi II-saralash bosqichida (Xorazmdan yagona vakil) ishtirok etdi. Maktabimiz bitiruvchisi bugungi kunda URDU qoshidagi 2-akademik litsey II-kurs o`quvchisi O`tamuratov Odilbek Afrika qit’asida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida (Toshkent shahri) qatnashdi. 

Bu yil maktabimizni 26 nafar iqtidorli o`quvchilarimiz bitkazishmoqda. Bitiruvchi sinf o`quvchilarining keyingi yillarda erishgan yutuq va muaffaqiyatlariga to`xtaladigan bo`lsak:

2012 -2013 – o`quv yili

1."Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi tuman bosqichi.

"Komediya” guruhi ( 41-maktab) – I-o`rin.Guruh a’zolari: Amangeldiyev Faxriddin, Rajabov Shoxruh, Amanboyev Sardor, Abdullayev San’at, Quvondiqova Mohinur, Vaisov Mahkam, Jumaboyeva Laylo, Soburova Kumushoy, Allamboyeva Muhayyo, Rajabova Shahnoza.

2.Bilimlar bellashuvi tuman bosqichi

ism, familiyasi

sinfi

fani

o`rni

1

Amanboyev Sardor

8

Geografiya

I

2

Soburova Kumushoy

8

Kimyo

II

3

O`rolov Javlonbek

8

Informatika

II

4

Rajabov Shoxruh

8

Matematika

III

 

 

 

 

 

 

 

3."Soliq bilimlari – bolalarga” ko`rik tanlovi tuman bosqichi.

Hikoya yo`nalishi.Amatova Gulasal ( 8 sinf) – I- o`rin.

4."Har tengdoshga bir g`azal” ko`rik tanlovi tuman bosqichi. She’riyat yo`nalishi. Amatova Gulasal (8 sinf) – I-o`rin.

Hikoya yo`nalishi. Alimboyeva Adolat ( 8 sinf) – II-o`rin.

 5."Mening oilam” ko`rik tanlovi tuman bosqichi.Hikoya yo`nalishi. Alimboyeva Adolat ( 8 sinf ) – I – o`rin. 

6."Prezident asarlari bilimdoni” ko`rik tanlovi tuman bosqichi. Tursunboyeva Shaxlo ( 8 sinf ) – II - o`rin.

7."Gurlan tumanidagi 41-UO`T maktabi tashkil qilinganligining 20 yilligi” ga bag`ishlangan bellashuv.Matematika. Rajabov Shoxruh ( 8 sinf) – I-o`rin.

Fizika. Iskandarov Sanjarbek ( 8 sinf) – III-o`rin.

Informatika. O`rolov Javlonbek (8 sinf) – I-o`rin.

Kimyo. Soburova Kumushoy (8 sinf) – I-o`rin.

8."Biz kimmiz va qanday zotlarning avlodimiz” tanlovi tuman bosqichi. Hikoya yo`nalishi. Alimboyeva Adolat (8 sinf) – I-o`rin.

She’riyat yo`nalishi. Amatova Gulasal (8 sinf) – I-o`rin.

9. "Mohir qo`llar” tanlovi tuman bosqichi. To`quvchilik yo`nalishi. Soburova Kumushoy ( 8 sinf) – I-o`rin.

10."Inson qadri boqiy – xotirasi muqaddas” ko`rik tanlovi tuman bosqichi. Hikoya yo`nalishi. Alimboyeva Adolat ( 8 sinf) – I-o`rin.

11."Gurlan tumanidagi 40-UO`T maktabi tashkil qilinganligining 20 yilligi” ga bag`ishlangan bellashuv. Fizika. Iskandarov Sanjarbek ( 8 sinf) – II-o`rin.

Informatika. O`rolov Javlonbek (8 sinf) – II-o`rin.

12."O`zligingdanaylanay o`lkam” Respublikako`rik tanlovi tuman bosqichi."Gurlan” guruhi ( 41 – maktab) -I -o`rin. Guruh a’zolari: Soburova Kumushoy, Sobirova O`g`iljon, Tursunboyeva Shaxlo, Amanboyev Sardor, Rajabov Shoxruh.

13."Kelajak ovozi - 2013” Respublika iqtidorli yoshlar tanlavi tuman bosqichi. Badiiy ijod, publisistika yo`nalishi. Amatova Gulasal (8 sinf) – I-o`rin.

2013 - 2014 – o`quv yili

1. "Vatan uchun yashaylik” Respublika she’riyat ko`rik-tanlovi viloyat bosqichi.

Amatova Gulasal( 9 – sinf) – g`olib. VXTB va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazam viloyat bo`limi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

2."Zulfiyaxonim izdoshlari” Respublika ko`rik-tanlovi tuman bosqichi.

Amatova Gulasal( 9 – sinf) – I-o`rin.Tuman hokimligi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

3."Jaholatga qarshi ma’rifat” Respublika ko`rik-tanlovi

Tuman bosqichi. Amatova Gulasal( 9 – sinf) – I-o`rin.

TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

Viloyat bosqichi. Amatova Gulasal( 9 – sinf) – III-o`rin.

VXTB ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

4.Fan olimpiadasi. II – tur tuman bosqichi .

 

 

ism, familiyasi

sinfi

fani

o`rni

1

O`rolov Javlonbek

9

Informatika

I

2

Amanboyev Sardor

9

Geografiya

II

3

Iskandarov Sanjar

9

Fizika

III

4

Rajabov Shoxruh

9

Matematika

III

5

Sobirova O`g`iljon

9

Ingliz tili

III

 

 

 

 

 

 

 

 

5. "Kamolot shaxmat taxtasi” musobaqasi tuman bosqichi.Rajabov Shoxruh( 9 – sinf) – I-o`rin."Kamolot” YIH tuman kengashi I-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

6. "Matnazar Abdulhakim she’rlari bilimdoni” ko`rik tanlovi tuman bosqichi. Amatova Gulasal (9 sinf) – I-o`rin.

7. "Sog`lom bola yili” dasturi asosida "Sport va sog`lom oila – sog`lom bola va sog`lom jamiayt asosi” shiori ostida sportning shaxmat turidan tuman birinchiligi.41 – maktab jamoasi – III-o`rin. Jamoada 9 sinfdan Rajabov Shoxruh, O`rolov Javlonbek qatnashgan. Maktab jamoasi O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Huzuridagi Bolalar Sportini Rivojlantirish Jamg`armasi Xorazm Viloyat Filiali III – darajali diploma bilan taqdirlandi.

8. Al – Xorazmiy tavalludining 1231 yilligiga bag`ishlab URDU, Xorazm Ma’mun Akademiyasi va VPKQTMOI tomonidan o`tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya va matematik bellashuv. Rajabov Shoxruh( 9 sinf) – I-o`rin

9. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti tomonidan o`tkazilgan "Al Xorazmiy -2014” tanlovi

vI - bosqich.

1.Amangeldiyev Faxriddin (Informatika, 9 sinf) – g`olib

2.O`rolov Javlonbek (Informatika, 9 sinf) – g`olib

3.Iskandarov Sanjar (Fizika, 9 sinf) – g`olib

4.Soburova Kumushoy (Fizika, 9 sinf) – g`olib

v II-bosqich ( TATU Urganch filialida o`tkazildi)

1.O`rolov Javlonbek (Informatika, 9 sinf) – III-o`rin

2.Amangeldiyev Faxriddin (Informatika, 9 sinf) – faol ishtiroki uchun TATU Urganch filiali faxriy yorliqlari va sovg`asi bilan taqdirlandi.

Maktabimizning bitiruvchilaridan URDU qoshidagi 3-akademik litsey o`quvchisi Ibragimov Rahmatjon (Bitiruvchi – 2009) 2011 yilda akademik litsey kasb-hunar kollejlari II-kurs o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan fan olimpiadasida II-o`rinni egallagan. O`zMU qoshidagi S. H. Sirojjidinov nomidagi akademik lisey o`quvchisi Ibragimov Ilyos (Bitiruvchi -2010) 2013 yilda O`zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-matematika fakultetiga 200 ball to`plab grant asosida o`qishga qabul qilindi. URDU qoshidagi 2-akademik litsey II-kurs o`quvchisi O`tamuratov Odilbek Afrika qit’asida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida (Toshkent shahri) qatnashdi. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti tomonidan o`tkazilgan "Al Xorazmiy -2014” tanlovi II-bosqich ( TATU Urganch filialida o`tkazildi) da II-III-kurs o`quvchilari o`rtasida I – o`rinni egalladi.

Bu yilgi bitiruvchilarimizdan 1 nafari URDU qoshidagi 1-akademik litseyda, 6 nafari 2-akademik litseyda, 4 nafari 3-akademik litseyda, 1 nafari Xiva tibbiyot kollejida, 3 nafari Gurlan tadbirkorlik kollejida, 5 nafari Gurlan iqtisodiyot kollejida, 6 nafari Gurlan ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida o`qishlarini davom ettirish istaklarini bildirishdi.O`ylaymizki, bu yilgi bitiruvchilarimiz ham akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`zbilimlarini oshira borib, kelajakda Koreyada fan doktorligini himoya qilgan Tajimuratov San’at, fan doktorlgi tadqiqot ishlarini olib borayotgan Bo`tanov Hakimboy (fizika, Shveytsariya), Rajabov Azamat(avtomobil , Xitoy) kabi fan fidoiylari yoki Qalandarov San’at (viloyat prokuraturasi xodimi), Sultonov Mansur(tuman prokuraturasi xodimi), Abdullayev Muzaffar (Milliy bank tuman bo`limi boshqaruvi raisi), Erjanov Alisher (viloyat kompyuterlashtirish markazi rahbar o`rinbosari), Amanboyev Jasur (viloyat sud deportamenti xodimi), Jumatov Ahmad (tuman hokimligi "iqtisodiyot” bo`limi rahbar o`rinbosari), Saparniyov Xursand "Kamolot” YIH tuman bo`limi raisi kabi rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatuvchi yoki Rajabov Shavkat(harbiy, katta leytenant), Jumaniyazov Sherzod(milliy xavfsizlik xodimi, leytenant) kabi vatanimiz posponlari yoki Matmuratov Baxtishod ( URDU da kimyo fani o`qituvchisi), Bekchanov Shukurlo(URDU da informatika fani o`qituvchisi) kabi ustozlar yetishib chiqadi.

Omad sizga yor bo`lsin, bitiruvchilar !

Maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari:    Kenjayev Bahodir

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]