gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Matematika. 2023-2024 -o`qish yilida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar

Matematika. 2023-2024 -o`qish yilida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar

       Maktabimiz matematika ustozlari Bekzod Matkarimov, Hamidjon Abdullayev, Maqsuda Uralova va men Kenjayev Bahodir matematika fanidan o`quvchilarga yuqori darajada bilim berishga harakat qilib kelmoqdamiz. 
       Maktabimiz haqida yetarli ma'lumotga ega bo`lmaganlarga shuni alohida ta'kidlab o`tishimiz mumkinki, matematika fanidan o`quvchilarimiz Xalqaro olimpiadalar yakuniy saralash bosqichlarigacha borishgan, ya'ni xalqaro olimpiada ostonasidan qaytishgan yoki olimpiada viloyat bosqichlarida g`olib bo`lishib respublika bosqichlarida ham o`z bilimlarini sinab ko`rishgan. Shuningdek, "Bilimlar bellashuvi" viloyat bosqichlarida, viloyat miqyosidagi turli turnirlarda ham 1,2,3-o`rinlarni egallashgan. 
       Bu o`quv yilida erishilgan yutuqlarga to`xtaladigan bo`lsak, avvalo ustozlarimiz Bekzod Matkarimov va Uralova Maqsuda GRE xalqaro sertifikatlarini qo`lga kiritganliklarini alohida ta'kidlab o`tgan bo`lardim. Hamidjon Abdullayev va men o`tgan yili GMAT xalqaro sertifikatlari sohiblari bo`lgan edik. 
     Yangi baholash tizimiga tumanimizda birinchi bo`lib o`tgan maktabimizda matematika fanidan o`qitishning  sifat-samaradorligi oshib borganligi chorak yakunida o`quvchilarimizdan olingan CHSB sinovlarida ham o`z aksini topdi. Jumladan Ikkinchi chorak yakunida olingan sinov natijasi birinchi chorakda olingan sinov natijasidan 16 % ga  yuqori bo`lganligi nafaqat viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi balki, maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ham e'tirof etilganligi diqqatga sazovardir.
     Maktabimizda yil davomida reja asosida olimpiadalar, fan kechalari tashkil qilinganligi va ularda g`olib bo`lgan o`quvchilarning e'tirof etilishi, ya'ni taqdirlanishi o`quvchilarda matematika fanini o`rganishga qiziqishni yanada oshiradi. 
      Fan olimpiadasi tuman bosqichida 9-sinf o`quvchisi Og`abek Ismoilov faxrli 1-o`rinni egalladi va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo`limining I darajali diplomi bilan taqdirlandi.
      Informatika olimpiadasi ( maktab bosqichidan to respublika bosqichigacha topshiriqlar faqat matematika fanidan berildi) tuman bosqichida 8-sinf o`quvchisi Jumamuratova Shakira faxrli 1-o`rinni, 8-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Charos faxrli 2-o`rinni egallashdi va mos ravishda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo`limining I darajali va II darajali diplomlari bilan taqdirlanishdi. 
   Urganch Davlat Pedagogika Instituti, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda UrDPI akademik litseyi hamkorligida o`tkazilgan "Rektor olimpiadasi" da 9-sinf o`quvchisi Ismoilov Og`abek 2-o`rinni egalladi va II darajali diplom va sovg`alar bilan taqdirlandi.
    Urganch Davlat Universitetida viloyat umumta'lim maktablarining matematik olim Ismoil Abdullayev xotirasiga bag`ishlangan an'anaviy olimpiadada 8-sinf o`quvchisi Jumamuratova Shakira faxrli 3-o`rinni egalladi va III darajali  diplom va sovg`alar  bilan taqdirlandi. Shuningdek bu olimpiada yakunida matematika ustozlari Hamidjon Abdullayev va men Bahodir Kenjayev Universitet tashakkurnomasi va sovg`alari bilan taqdirlandik.
    O`quvchilarimiz Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, KHISO olimpiada maktabi hamda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida o`tkazilgan olimpiadalarda ham faol ishtirok etib sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. 
    Keyingi o`quv yilida o`quvchilarimizdan yanada yuksakroq natijalar kutib qolamiz va albatta buning uchun uzluksiz, tizimli tayyorgarlik  olib boramiz. 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]