gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Bilimlar bellashuvi

 2017 yilning 22-25-mart kunlari "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi o`tkazildi. Maktabimiz o`quvchilaridan 2 nafari I o`rinni egallashgan bo`lsa, 1 nafari II o`rin, va yana 1 nafari I o`rinni egallashdi. Rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Bazarboyeva Zulfiyaning 3 ta shogirdi ham tumanda faxrli o`rinlarni egalladi. 6-sinf o`quvchisi  Jumaboyeva Mohinur I o`rinni, 8-sinf o`quvchisi Quronboyeva Mashhura II o`rinni, 7-sinf o`quvchisi Ataxanova Maftuna III o`rinni egalladi.  Matematika fanidan maktabimiz shanini himoya qilgan  8-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar  98 ball to`plab faxrli I o`rinni egalladi va viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo`lga kiritdi. Umid qilamizki, u "Bilimlar bellashuvi" viloyat bosqichida ham I o`rinni egallaydi. Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, I o`rinni egallagan ikki o`quvchimiz ham o`zlari bilan teng ball to`plagan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan qo`shimcha sinovda g`olib chiqdilar.
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]