gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi o`tkazilmoqda.

"Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi o`tkazilmoqda.

  Gurlan tumani 4, 43-maktablarida "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi 1,2,3,4 - aprel kunlari o`tkazilishi belgilangan. Maktabimiz o`quvchilari 10 ta fandan "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichida maktabimiz sha'nini himoya qilmoqdalar. O`tgan ikki kun mobaynida o`quvchilarimiz matematika, informatika, geografiya, ingliz tili va tarix fanlaridan tumandagi tengqurlari bilan bahslashdilar. Matematika fanidan 8-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun 100 imkoniyatdan 100 ball, 6-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 87 ball, informatika fanidan 8-sinf o`quvchisi Davlatov Dilshod 85 ball to`plab I - o`rinni, matematika fanidan 5-sinf o`quvchisi Nazarov Quvondiq, tarix fanidan 8-sinf o`quvchisi Jumaniyazov Jo`rabek, ingliz tili fanidan Jumaboyeva Arjumand III-o`rinni egalladilar. Bugun yana 5 ta fandan o`quvchilarimiz bahslarga kirishdi. O`ylaymizki, ular ham oldingi kunlar erishilgan natijalardan kam bo`lmagan yutuqlarni qo`lga kiritadilar. Ularga omad tilab qolamiz !  
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]