gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi. Eksprement… Onlayn test …

“Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi. Eksprement… Onlayn test …

"Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi aprel oyining 28,29 – kunlari Urganch shahridagi 29-umumiy o`rta ta’lim maktabida bo`lib o`tdi. Bellashuvda qatnashgan maktabimiz 8-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 100 imkoniyatdan 98 ball to`plab III-o`rinni egalladi. Bundan o`quvchi yoki o`qituvchi xursand bo`ldimi ? Yo`q albatta. Matematika  fanidan "Bilimlar bellashuvi” da berilgan yozma ish topshiriqlari soddaligini unda qatnashgan o`quvchilar natijalaridan ham bilib olish mumkin. 7 va 8-sinflarda 4 tadan maksimal 40  ball to`plagan o`quvchilar bo`ldi. Onlayn test natijalaridan norozi o`quvchi va o`qituvchilar ham ancha edi. Jumladan Lobar Boboxo`jayeva o`zi yechgan testlarni ustozga ko`rsatganda ustozi shogirdi aytgani bo`yicha yechgan test savollarini tekshirib xatolik topa olmadi. O`quvchi esa qaysi test savoliga noto`g`ri javob berganini topolmay, onlayn test natijasidan qoniqmay rosa xafa bo`ldi, yig`ladi. Aslida onlayn test mukammal tizim edimi. Ya’ni o`quvchi testlarni 100 % yechgani holda natija ham eng yuqori bo`larmidi. Ha deyish mumkin, chunki 4 nafar o`quvchi testdan maksimal ball to`pladi. Yo`q deyish mumkinmi, chunki 26, 27-aprel kunlari berilgan test natijalarida muammolar bo`ldi. Jumladan 30 ta test savolidan 30 tasiga ham to`g`ri javob berilgani holda natija 29 ta to`g`ri bo`ldi. Testlarni tahlil qilganda 1 ta test test o`tkazuvchi tomonidan tog`ri javob uchun o ball, boshqa bitta noto`g`ri  javob uchun 2 ball berayotgani ma’lum bo`ldi. Shuningdek 27-aprel kungi sinov testlarda qatnashgan o`quvchi barcha testlarni to`g`ri yechgani holda birinchi holda "4 ta to`g`ri, 8 ball”, ikkinchi holda "7 ta to`g`ri, 14 ball” natijalari onlayn test o`tkazuvchi markaz tomonidan  berildi. Bu esa nafaqat o`quvchida balki o`qituvchida ham onlayn test ga nisbatan ishonchsizlik tug`dirdi. Bu yerda o`quvchi qaysi savolga to`g`ri, qaysi savolga noto`g`ri javob berganini xuddi "easy quizzy’, "My teststudent” dasturlaridagi singari bilish imkoniyatini beruvchi, kerak bo`lsa natijalarni qog`ozga chiqarib, "Bilimlar bellashuvi” da qatnashgan o`quvchilarning natija bilan tanishganligi, roziligi uchun  shu qog`ozga qo`l qo`ydirilsa o`quvchi ham o`qituvchi ham xursand bo`lardi. 98 ball… yuqori natijami ? Agar bu bellashuv qishqi ta’til davrida o`tkazilganida ham   Lobar Boboxo`jayeva shundan kam ball to`plamas edi. Bu bilan nima demoqchiman.,"Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi yozma ish va test topshiriqlari qiyinlik darajasini oshirish kerak, yozma ishning o`zida o`quvchilar imkoniyat darajasi, o`zaro bilimidagi farq natijada ham aks etsin, ya’ni 11 o`quvchidan 4 tasi 40 ball to`plashidan shaxsan men xursand bo`lmadim. "Bilimlar bellashuvi’ da qatnashgan o`quvchilarning natijasi 76 balldan 86 ballgacha bo`lgan holni men normal holat hisoblayman. Afsus…  Lobar Boboxo`jayeva "Bilimlar bellashuvi” respublika bosqichida ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin bo`lgani holda viloyatda 3-o`rinda qolib ketdi.    

Bahodir Kenjayev, oliy toifali matematika fani o`qituvchisi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]