2016 yil 24 aprel kuni Shovot tumanidagi 26 umumiy o`rta ta’lim maktabida Ingliz tili, matematika, informatika, fizika, kimyo fanlaridan Gurlan, Shovot, Qo`shko`pir tumanlari "Bilimlar bellashyvi” g`olib o`quvchilari o`rtasida "Bilimlar bellashuvi” viloyat hududiy sinov bosqichi o`tkazildi. Bellashuvda qatnashgan maktabimiz 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar matematika fanidan 100 imkoniyatdan 98 ball to`pladi. Shuningdek Shovot tumanidagi 1-IMI o`quvchisi ham 98 ball, 4-maktab o`quvchisi 90 ball, Gurlan tumanidagi 6-AFChO`M o`quvchisi 92 ball, Qo`shko`pir tumani o`quvchisi 95 ball to`pladi. VXTB tomonidan o`tkazilayotgan bunday bellashuvlar viloyatimiz o`quvchilarining "Bilimlar bellashuvi” Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. Lekin "Bilimlar bellashuvi” sinov bosqichlari uchun berilgan misol va masalalar hamda test savollari darajasi o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun yetarli emas, ya’ni misol va masalalar hamda test savollari sodda tuzilgan. Shunday ekan keyingi sinov bosqichlari uchun materiallar tayyorlanayotganda misol va masalalar hamda test savollari murakkablik darajasi oshirilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.