Maktabimizda 5-mart kuni "Qizlar matematika olimpiadasi" o`tkazildi. Olimpiada 5-7-sinf o`quvchilar toifasi va 8-11-sinf o`quvchilar va abituriyentlar toifasida o`tkazildi. 5-7-sinf o`quvchi qizlar toifasida o`quvchilarning mantiqiy, qiziqarli, nostandart masalalardan tuzilgan (25 ta test) test savollari bo`yicha bilimdonligini aniqlashga, 8-11-sinf, abituriyentlar toifasida asosan o`quvchilarning matematika fanidan oliy o`quv yurti kirish test savollariga tayyorgarlik darajasini sinovdan o`tkazish (30 ta test, har bir to`g`ri javob 3,1 ball) va o`quvchilarning mantiqiy, qiziqarli, nostandart masalalardan tuzilgan (15 ta test, har bir to`g`ri javob 2,1 ball) test savollari bo`yicha bilimdonligini aniqlashga qaratildi. Bu olimpiadani o`tkazishdan asosiy maqsad matematika fanidan kuchli bilimga ega o`quvchi qizlarni "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayramida rag`batlantirish, hurmatini joyiga qo`yish edi. Yakunda 45 ta test savolidan 45 tasiga ham to`g`ri javob topgan shu maktabning 11-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 124,5 ball to`plab I-o`rinni egalladi. G`olib o`quvchi maktab faxriy yorlig`i, bayram sovg`asi va homiylar tomonidan 100 000 so`m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 11-sinf o`quvchisi Kenjayeva Shahrizoda 108,9 ball bilan ikkinchi, 10-sinf o`quvchisi Egamova Muharram 71,6 ball to`plab uchinchi o`rinni egalladilar va maktab maqtov yorliqlari va bayram sovg`alari bilan taqdirlandilar. 5-7-sinf o`quvchi qizlar toifasida matematika faniga ixtisoslashgan 6a-sinf va 5a-sinf o`quvchi qizlari g`olib bo`ldilar. Jumladan, 6a-sinf o`quvchilari Qosimova Mohinur 1-, Yo`ldosheva Shahribonu 2-, To`liboyeva Surayyo 3-, 5a-sinf o`quvchi qizlari Aminboyeva Durdona, O`razmetova Nasiba 3-o`rinni egalladilar va maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.