gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » 11 yillik ta’lim - bu avvalo ma’suliyat degani.

11 yillik ta’lim - bu avvalo ma’suliyat degani.

11 yillik ta’limga o`tilishi umumta’lim maktablariga katta ma’suliyat yuklaydi. Ko`pchilik yoshlarda oliy ta’lim olishga nisbatan qiziqish kuchli bo`layotganligi sababli ularning bu istaklarini ro`yobga chiqarishi uchun ularga imkoniyat yaratish kerak. 2009-2010 o`quv yilini tahlil qiladigan bo`lsak,  oliy o`quv yurti talabaligiga erishgan o`quvchilarning  20 %  atrofida viloyat markazida joylashgan universitet domlalarida repititorlik kurslariga qatnaganini, bu esa davomatni kamida  15 % ga kam bo`lishini bildiradi.  10 sinfga qabul qilingan o`quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda maktablarda oliy o`quv yurtlariga tayyorlov to`garaklari tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun davlat tomonidan haq to`lanadigan  pullik to`garaklar, bu yil kamida 1 stavka,  keyingi yildan kamida 2 stavka to`garak mashg`ulotlari  berilishi va ular o`quvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda taqsimlanishi kerak. Masalan                          1 stavka to`garak mashg`uloti 6 ta( 9 ta) fan uchun berilsa, har bir fan uchun 3(2) soat to`garak mashg`uloti hafta davomida o`tilishi kerak bo`ladi. Bu 3 (2) soatning bir kunda o`tilishi maqsadga muvofiq. Shunda o`quvchi hafta mobaynida 3 kun to`garak mashg`ulotlarida band bo`ladi va boshqa uch kun mustaqil shug`ullanadi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashadi. Bunda bu to`garak mashg`ulotlarini o`tkazuvchi o`qituvchilar o`zlarining bilim darajasi fani bo`yicha oliy o`quv yurtlariga kirish testlari bo`yicha sinalganda kamida 75 % bo`lishi kerak.   Maktabda ayrim fanlar bo`yicha bu darajadagi o`qituvchilar topilmasa, qo`shni maktab o`qituvchilar imkoniyatidan unumli foydalanish kerak.

Maktab o`qituvchilarining paxta yig`im terimiga , yo`llarni tozalash ishlariga jalb qilinishi ularni texnik o`qituvchiga aylantirib qo`ymoqda, ya’ni o`qituvchilarda ijodkorlik ruhi pasayib bormoqda, faqat topshiriqni bajaruvchiga aylanmoqda. Yuqori tashkilotlardan  tekshirishlar o`tkazilganda faqat qog`ozu -rasmlarga qarab baho berilishi rahbariyat , o`qituvchilar ga yomon ta’sir o`tkazmoqda. Tekshiruvchi bevosita maktabda 2-3-kun bo`lib haqiqiy ma’naviy muhitni  anglashi mumkin. 

11 yillik ta’limga o`tilishi munosabati bilan yuqori sinflarda dars tahlillar sonini oshirish kerak. Rahbarlar haftasiga 2 soat, o`qituvchilar haftasiga 1 soat yuqori 10-11-sinflarda tahlil o`tkazsa, bu dars bergan o`qituvchiga ham foyda bo`ladi. Chunki ayrim maktablarda dars kuzatilganda, hali 8-9-sinf o`quvchilarini boshqara olmayotgan o`qituvchilar borligi ma’lum bo’ldi.  Qolaversa yuqori 10-11- sinfga darsni shu sinflar materiali bo`yicha kamida 85 % o`zlashtirishga ega bo`lgan o`qituvchilarga berilishi kerak. Bunday o`zlashtirishga ega bo`lmagan o`qituvchilar darslarga qo`yilmasligi, o`zlari hisobdan maxsus tashkil etilgan malaka oshirish kurslaridan o`tishi,  qo`shni maktablar o`qituvchilar imkoniyatidan unumli foydalanish kerak.

Bugungi kunda o`qituvchilarni rag`batlantirish tizimida o`zgarishlar qilish kerak.  

Kenjayev Bahodir, oliy toifali matematika fani o`qituvchisi
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]