gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Huquq bilimdonlari

"Huquq bilimdonlari” ko`rik tanlovi maktab bosqichi talab darajasida o`tkazilmaganligi va ushbu tanlovning tuman bosqichiga tayyorgarlik sust bo`lganligi sababli  tuman bosqichida maktabimiz jamoasi muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi . Jamoa tanlov test sharti bo`yicha berilgan 25 ta test savolidan 15 tasiga to`g`ri javob berib 30 ball, 3 ta savol bo`yicha jami to`plash mumkin bo`lgan 30 balldan 3 ball, sahna ko`rinishi bo`yicha 16 ball va yajunda 49 ball natija ko`rsatdi. Bu esa o`quvchilarimizning huquqiy savodxonlik darajasi qoniqarsiz ekanligini bildiradi. O`quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqiy savodxonlik ertaliklarini o`tkazish, 8-9-sinf o`quvchilari o`rtasida oyning oxiriga borib ularning huquqiy savodxonlik darajasini aniqlash bo`yicha 3 ta shartdan iborat tanlov, nazorat o`tkazilishi belgilandi. 1. Test savollari (25 ta test, 2 balldan, jami 50ball); 2. 3 ta savolga javob yozish(30 ball); 3.  2 ta savolga jonli tarzda javob berish( 20 ball).  Tanlovda g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishi, 9-sinf o`quvchilarining natijalari yakuniy reytingda e’tiborga olinishi ta’kidlandi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]