Maktabimiz jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Qudrat Rajapov oliy tiofali ustoz maqomiga ega bo`ldi. Shunday qilib oliy toifali o`qituvchilar maktabimizda 4 nafar (jami o`qituvchi 26 nafar) ga yetdi. Q. Rajapov "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" viloyat bosqichi bir necha bor g`olibi, respublika bosqichida faol ishtiroki uchun XTV faxriy yorligi bilan taqdirlangan. 2014 yil "O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi A'lochisi" nishoni bilan mukofotlangan. Qudrat Rajapovga bundan keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz !