Xayitboyeva Mohira To’liboyevna 1984-yil 27-noyabr kuni Xorazm viloyati , Yangibozor tumani, Bog’olon qishlog’ida tug`ilgan. 2004-yil Qoraqalpoq Davlat Universitetiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilingan va 2008-yilda ushbu universitetni tugatdi.
2008-yil, sentabr oyidan Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi sifatida o’z faoliyatini boshlagan. U o’z faoliyati davomida o’quvchilarni tuman, viloyat, respublika miqyosida o’tkazilgan turli ko’rik-tanlov va tadbirlarda faol qatnashtirishga harakat qildi va o’quvchilari bir qancha faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.
Xayitboyeva Mohira pedagoglar o’rtasida o’tkazilgan tanlovlarda ham faol qatnashadi.
2014-yil dekabr oyida ,,Eng yaxshi oy o’qituvchisi’’ ko’rik- tanlovining viloyat bosqichida
faxrli II o’rinni egalladi.
2016- yil 8-sinf o’quvchisi Jumaboyeva Madina ,, Mustaqillik madhi bolalar ijodida’’ ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichida faxrli II orinni egalladi.
2018-yil 9-sinf o’quvchisi Zaripova Zarina ,,Men sevgan adabiy qahramon’’ mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichida faxrli I o’rinni , respublika bosqichida faxrli III o’rinni egalladi.
2019-yil 10-sinf o’quvchisi Zaripova Zarina ,,Men sevgan adabiy qahramon ‘’ mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichida faxrli II o’rinni egalladi.
2019-yil 8-sinf o’quvchisi Otajonova Mahliyo ,,Biz korrupsiyaga qarshimiz ‘’ mavzusidagi insholar tanlovining tuman bosqichida faxrli I o’rinni egalladi.
2019-yil aprel oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 956 ta maktablar reytingini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tekshiruvda 9-sinf o’quvchilaridan ona tili fani bo’yicha diktantlar olindi, olingan diktantlarda o’zlashtirish 93%, sifat o’zlashtirish 76% ko’rsatkichga ega bo’ldi. Maktabimiz respublika bo’yicha eng kuchli TOP 20 ta maktabning ichida 6-o’rinni egalladi. Bu retingda ,albatta, matematika fanidan o’tkazilgan yozma ishlar, matematika fani ustozlari va maktab jamoasidan olingan ijtimoiy so’rovnomalar ham ijobiy natija ko’rsatdi.
2020-yil 10-sinf o’quvchisi Gulimmatova Rayhon fan olimpiadasining tuman bosqichida ona tili va adabiyot fanidan faxrli III o’rinni egalladi.
2020-yil 11-sinf o`quvchisi Gulimmatova Rayhon “OIV infeksiyasi profilaktikasi” mavzusidagi insholar tanlovining tuman bosqichida faxrli I o`rinni egalladi. 2020-yil 11-sinf o`quvchisi Gulimmatova Rayhon “Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon” mavzusidagi insholar tanlovining tuman bosqichida faxrli I o`rinni egalladi. Ushbu tanlovning viloyat bosqichida esa faxrli III o’rinni egalladi va VXTB tomonidan III darajali diplom bilan taqdirlandi.
Pedagogning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qilgan mehnatlari inobatga olinib ,
2020-yil, 1-oktabr ,,O’qituvchi va murabbiylar kuni’’ munosabati bilan
“Xalq ta`limi a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.
2021-yil, 1-oktabr ,,O’qituvchi va murabbiylar’’ kuni ,,Xalq ta’limi fidoyisi’’ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Pedagog xodimning bundan keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.