gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Ixtisoslashtirilgan sinflarda offlayn-onlayn olimpiadalar

Ixtisoslashtirilgan sinflarda offlayn-onlayn olimpiadalar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 29-30- noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari yig`ilishi bayonida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi YO`L XARITASI ning 95-bandida belgilangan vazifalar: “Xorazm viloyatining intelektual salohiyatini hamda boy tarixini inobatga olgan holda 2019 yilni Xorazm viloyatida “Xalq ta’limi muassasalarida aniq fanlar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini o`qitish sifatini yuqori darajaga ko`tarish, iqtidorli o`quvchilarni har tomonlama qo`llab quvvatlash, ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Shovot, Xozarasp, Gurlan, Yangibozor tumanlarida aniq fanlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida ixtisoslashtirilgan sinflar va maktablar tashkil etish; Shovot tumanidagi 7-sonli, Yangibozor tumanidagi 7-sonli maktablarda aniq fanlarga ixtisoslashgan sinflar, Xozarasp tumani 21-maktab filialida, Gurlan tumanidagi 41-maktablarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkil etish” ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil yanvar oyida maktabimizda matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a-sinf tashkil etildi. Keyingi o`quv yillarida maktabimizda matematika fanigan ixtisoslashtirilgan yana ikkita sinf, informatika faniga ixtisoslashtirilgan bitta sinf tashkil qilindi. Matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinflarda haftasiga 7 soatdan matematika fani o`qitilmoqda. Maktabimizda 5,6,7- matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinflar mavjud. Oldingi o`quv yillarida har oyda ixtisoslashtilgan sinflarda olimpiadalar o`tkazilgan bo`lsa, bu yil pandemiya sababli olimpiadalar offlayn-onlayn shaklida dastlabkisi noyabr oyining 26,27-kunlarida 6,7-sinflarda o`tkazildi. Bunda olimpiadaning yozma ish turi offlayn shaklda, test turi onlayn shaklda o`tkazildi. Test topshiriqlari matematika fanidan sinflar uschun tashkil qilingan telegramm guruhlarga tashlanib shu kun davomida @viktorina_testbot ga berilgan kod orqali javoblarini yuborishlari so`raldi. 2 tur yakuniy natijalariga ko`ra g`oliblar aniqlandi. 6-sinf o`quvchilari o`rtasida yuqori ball to`plagan Aminboyeva Durdona 1-o`rin, Yangiboyev Shohruz 2-o`rin, Yo`ldosheva Shahrizoda 3-o`rin, 7-sinf o`quvchilari o`rtasida Yangiboyev Bunyod 1-o`rin, Qurolov Doniyor 2-o`rin, Nazarboyev Otanazar 3-o`rinni egallashdi. G`olib o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.    

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]