Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida joylashgan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida "Bilimlar bellashuvi" Respublika bosqichi 16 - 17 - iyun kunlari aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar yo‘nalishida o`tkazildi. "Bilimlar bellashuvi" da o`quvchilar ishlari belgilangan tartib qoidalarga amal qilingan holda tekshirildi. Jumladan matematika fanidan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, O`zbekiston Milliy Universiteti , Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati, Buxoro viloyati, Xorazm viloyati maktablari o`qituvchilaridan tashkil topgan hakamlar hay'ati o`quvchilar ishlarini adolat mezonlariga amal qilgan holda tekshirdilar. Hakamlar tomonidan qo`yilgan ballar o`quvchilarga asoslab berildi. O`tkazilgan bellashuv yakunlariga ko`ra matematika fanidan 100 balldan to`plagan Xorazm va Farg`ona viloyati 8-sinf o`quvchilari o`rtasida qo`shimcha 10 ta testdan iborat sinov o`tkazilib, unda Farg`ona viloyati vakili 10 ta to`g`ri javob, Xorazm viloyati vakili 7 ta to`g`ri javob berishib, Farg`ona viloyati vakili I-o`rinni, Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumanidagi 1 -IMI o`quvchisi II-o`rinni egalladilar. Umuman Xorazm viloyati o`quvchilari "Bilimlar bellashuvi" ushbu bosqichida faqat 4 ta sovrinli o`rinni qo`lga kiritishdi: Matematika, fizika fanlaridan 1 tadan, biologiya fanidan 2 ta . Yakunda esa Xorazm viloyati vakillari sovrinli o`rinlar bo`yicha oxirgi o`rinlardan birini egalladi. Shuni eslatib o`tamizki, "Bilimlar bellashuvi" nizomiga ko`ra Respublika bosqichida yuqori natija ko`rsatgan o`quvchilar 1 ta birinchi o`rin, 2 ta ikkinchi o`rin, 3 ta uchinchi o`rin, sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishdi, ya'ni hozirgi bosqichda 14 X 6 = 84 ta sovrinli o`rin. Hurmatli o`quvchilar "Bilimlar bellashuvi" Respublika bosqichida qatnashishning o`zi Respublikamizning eng yaxshi oromgohlaridan birida dam olish, o`z yo`nalishlari bo`yicha Respublikamizning kuchli professor o`qituvchilari saboqlaridan barhamand bo`lishga imkoniyat yaratadi. Qolaversa kuchli oltilikka kirishingiz sizni sovrinli o`rinlardan birini egallashingizga asos bo`ladi. Shunday ekan keyingi yil o`tkaziladigan "Bilimlar bellashuvi" ga hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang. Sizga "Bilimlar bellashuvi - 2016" da omad tilab qolamiz.