O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 29-30- noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari yig`ilishi bayonida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi YO`L XARITASI ning 95-bandida belgilangan vazifalar: “Xorazm viloyatining intelektual salohiyatini hamda boy tarixini inobatga olgan holda 2019 yilni Xorazm viloyatida “Xalq ta’limi muassasalarida aniq fanlar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini o`qitish sifatini yuqori darajaga ko`tarish, iqtidorli o`quvchilarni har tomonlama qo`llab quvvatlash, ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Shovot, Xozarasp, Gurlan, Yangibozor tumanlarida aniq fanlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida ixtisoslashtirilgan sinflar va maktablar tashkil etish; Shovot tumanidagi 7-sonli, Yangibozor tumanidagi 7-sonli maktablarda aniq fanlarga ixtisoslashgan sinflar, Xozarasp tumani 21-maktab filialida, Gurlan tumanidagi 41-maktablarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkil etish” ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil yanvar oyida maktabimizda matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a-sinf tashkil etildi. Hozir bu sinf o`quvchilari haftasiga 7 soatdan matematika fanini o`rganishmoqda. Maktabimiz tarixiga nazar solsak,
Gurlan tumani hokimi Amin Vapoyevning 1993-yil 30–iyundagi 161-sonli qarori bilan tumandagi "Birlashgan” qishlog`ida 41-maktab-litsey (3-litsey) tashkil etildi. Litseyda matematika, informatika, fizika, ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o`rgatilishi belgilandi.
Litseyga rahbar etib tayinlangan Tajiboy Sapayev yosh, bilimdon, shijoatli ustozlardan jamoa shakllantirib ta’lim-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil etganligi sababli tezda litsey nafaqat tumanda, balki viloyatda o`z o`rniga ega bo`ldi. Fan olimpiadalari tuman, viloyat bosqichlarida yuqori natijalarga erishildi.
1997 yil sentabr oyidan maktab-litseyga Shomurot Matkarimov rahbar etib tayinlandi. Maktab o`quvchilarining oliy o`quv yurtlariga kirishi 2005, 2006 –yillarga kelib 75-80 % ga chiqdi. Maktab o`quvchilari 2004-yildan boshlab Respublika miqyosidagi ko`rik-tanlov, fan olimpiadalarida qatnashishni boshladi.
Maktab o`quvchisi Tangirova Zulxumor 2004-yil Buxoro shahrida o`tkazilgan "Axborot texnologiyalari bo`yicha yaratilgan eng yaxshi mahsulot” ko`rik tanlovi Respublika bosqichida "Kvadrat funksiya grafigini kompyuter bilan muloqot holida o`rganish” mavzusidagi ijodiy ishi (dasturi) bilan III-o`rinni egalladi va Xalq Ta’limi Vazirligining III-darajali diplomi bilan taqdirlandi,
2005-yil fevral oyidan maktabga Shuxrat Jumatov rahbar etib tayinlandi. Maktabda o`quvchi va o`qituvchilarning turli ko`rik-tanlovlar, fan olimpiadalari, "Bilimlar bellashuvi” dagi natijalari yaxshilanib bordi.
Tangirova Zulxumor 2005-yil esa u informatika fanidan Toshkent shahrida o`tkazilgan fan olimpiadasi Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Shu yili maktab o`quvchisi Nurmetova Nodira rus tili fanidan Xalqaro olimpiada Respublika saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va Rossiya elchixonasining faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik tanlovi Respublika bosqichida maktabning ikki nafar o`qituvchisi Kenjayev Bahodir ( 2006 yil, informatika) va Rajapov Qudrat (2012 yil, Jismoniy tarbiya) lar ishtirok etib, faol ishtiroki uchun Xalq Ta’limi vazirligining diplomlari bilan taqdirlandilar
Maktabning ikki nafar o`quvchisi "Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivali Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Kamalak bolalar tashkiloti Sertifikati bilan taqdirlangan: 2008-yilda Davletova Zebuniso, 2010-yilda Matsafoyeva Maftuna she’riyat yo`nalishi bo`yicha shunday yutuqlarga erishgan.
2012-yili Xorazm viloyati Xonqa tumanida o`tkazilgan "Bilimlar bellashuvi” Respublika bosqichi (Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog`iston Respublikasi) da fizika fanidan qatnashgan Samandarov Rahmatjon I-o`rinni egalladi.
2014-yil 2000 yil 1 avgustdan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida Koreya davlatida o`tkazilgan xalqaro olimpiada Respublika I-saralash bosqichida maktabning 7-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun – II-natija (Respublika bo`yicha jami 10 nafar o`quvchi, jumladan Xorazm viloyati bo`yicha yagona vakil Xaytboyev Xumoyun ham II-saralash bosqichida ishtirok etdi).
2015yil. “Eng namunali xotin-qizlar qo`mitasining bosh ang`ich tashkiloti” respublika ko`rik-tanlovi (umumiy o`rta ta’lim maktablari )
Allaberganova Feruza
viloyat bosqichi - I-o`rin
Respublika bosqichi –II-o`rin
“Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi
Matematika fanidan 6-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 100 imkoniyatdan 100 ball to`plab I-o`rinni egalladi.
2016yil. “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” respublika ko`rik-tanlovi respublika bosqichi .
8-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina, hikoya yo`nalishi, II-o`rin, Respublika xalq ta’limi vazirligi, respublika bolalar kutubxonasi II-darajali diplomi bilan, 7-sinf o`quvchilari Ataxanova Sevara, Boboxo`jayeva Lobar Respublika xalq ta’limi vazirligi, respublika bolalar kutubxonasi faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
2017 yil. “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” respublika ko`rik-tanlovi respublika bosqichi .
Tasviriy san’at yo`nalishi 8-sinf o`quvchisi Xolboyeva Lobar 3-o`rin, hikoya yo`nalishi 6-sinf o`quvchisi Matkarimova Hakima 2-o`rinni egalladi va Respublika xalq ta’limi vazirligining diplomlari bilan taqdirlandilar.
2018yil. “Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi.
Jumaboyeva Mohinur (7-sinf) –I o`rin. Avgust oyida “Quyoshli” oromgohida dam oldi va XTV diplomi bilan taqdirlandi.
“Men sevgan adabiy qahramon” insho tanlovi respublika bosqichi
Zaripova Zarina (9-sinf) – 3-o`rin. XTV III darajali diplomi bilan taqdirlandi.
2019 yil. Urganch Davlat Universiteti tomonidan o`tkazilgan “Al-Xorazmiy olimpiadasi” dastlabki saralash bosqichi.
Boboxo`jayeva Lobar (10-sinf) – 1-o`rin
(Dastlabki saralash bosqichida viloyatning 447 nafar 10-11-sinf o`quvchilari ishtirok etishdi)