gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish” to‘g‘risidagi Qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan elektron ommaviy axborot vositalarining vakillari, nashriyotlar, gazeta va jurnallar muharrirlari, yozuvchi va shoirlar, ziyolilar namoyandalari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i D. Bekchanova boshqarib bordi.
Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator S. Abdikarimova davra suhbatini boshlab berdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L. Tangriyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Akbaraliyev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshqarmasi boshlig‘i J, Husainov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Q. Xayitboyev va boshqalar muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limining mas’ul kotibi G. Ibodullayeva, "Xorazm haqiqati” va "Хорезмская правда” gazetalarining bosh muharriri vazifasini bajaruvchi S. Rahimberganova, filolog olim R. Yo‘ldoshevlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” deb nomlangan ma’ruzasi xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosda tarbiyalashdagi ahamiyati haqida o‘z qarashlarini izhor qildilar.
Davra suhbati bahs - munozara va qizg‘in fikr olishuvlarga boy bo‘ldi.

Manba: xorazm.uz
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]