gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Dastlabki oltin medal sohibasi

Dastlabki oltin medal sohibasi

2015 yil. Matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichida 100 imkoniyatdan 100 ball to`plab 1-o`rinni egalladi va VXTB ning I darajali diplomi bilan taqdirlandi.
2016 yil. Respublika Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika Bolalar kutubxonasi tomonidan o`tkazilgan “Mustaqillik madhi – bolalar ijodida” respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovining she’riyat yo`nalishi respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2017 yil.
“Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” ko`rik-tanlovi viloyat bosqichida faol ishtiroki uchun viloyat hokimligi faxriy yorlig`i bilan taqdirlangan.
Matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichida 100 imkoniyatdan 98 ball to`plab 3-o`rinni egalladi va VXTB ning III darajali diplomi va medali bilan taqdirlandi.
Viloyat miqyosidagi "Ilhom Otajanov" xotira turnirida 2-o`rinni egalladi va II-darajali diplom va tashkiliy qo`mita sovg`asi bilan taqdirlandi.
2018 yil.
“Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko`rik-tanlovi viloyat bosqichida faxrli 2-o`rinni egalladi va VXTB ning II darajali diplomi bilan taqdirlandi.
Innovatsion olimpiada viloyat bosqichida 2-o`rinni egalladi va VXTB ning II darajali diplomi bilan taqdirlandi.
Aniq fanlar festivali viloyat bosqichi. “Misol va masalalarning yechimlari keltirilgan eng yaxshi qo`llanmalar” yo`nalishida faol ishtiroki uchun VXTB ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
Matematika fanidan iqtidorli o`quvchilar o`rtasida Xalqaro olmpiadaga saralash viloyat sinov bosqichida 100 imkoniyatdan 100 ball to`pladi va 1-o`rinni egalladi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig`ining “Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida fanlarni namunali o`zlashtirayotgan, ijobiy xulq-atvori, a’lo baholarga o`qishi bilan boshqalarga o`rnak bo`layotgan yoshlarni rag`batlantirish to`g`risida” gi 2018 yil 26 oktabr112 buyrug`iga asosan Viloyat hokimi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
2019 yil.
Matematika fanidan “Fan olimpiadasi” viloyat bosqichida 100 imkoniyatdan 89 ball to`plab 3-o`rinni egalladi va VXTB ning III darajali diplomi va medali bilan taqdirlandi.
VXTB va UrDU tomonidan yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “Muhammad al-Xorazmiy” matematiklar olimpiadasi dastlabki saralash bosqichi 1-o`rin ( viloyatning 447 nafar 10-11- sinf o`quvchilari ishtirok etgan), yakuniy bosqichda 5-o`rinni egallagan. VXTB, UrDU va Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi diplomi va qimmatbaho sovg`asi (USB 3.1 Gen 1 PORTABLE HARD DRIVE) bilan taqdirlandi.
Matematika fanidan Gurlan olimpiadasida 2-o`rinni egalladi va Xalq Ta’limi Vazirligi diplomi bilan taqdirlandi.
 Matematika fanidan Buxoro shahrida o`tkazilgan qo`shimcha respublika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
2020 yil.
Matematika fanidan “Fan olimpiadasi” tuman bosqichida 1-o`rinni egalladi va TXTB ning I darajali diplomi bilan taqdirlandi.
 O`zbekiston Qizlar Onlayn Matematika Olimpiadasida g`olib bo`ldi va I darajali diplom bilan taqdirlandi.
 “O`qishdagi muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun” OLTIN medal bilan taqdirlandi.

Kelajakdagi orzusi: O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi bo`lish.
Men Lobarga o`z orzulariga yetishishiga ishonaman va unga bu yo`lda sog`lik-salomatlik, omad tilayman.




Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]