gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Doim e'zozdasiz, aziz ustozim!

Doim e'zozdasiz, aziz ustozim!

Sizgadir yurakda asragan so`zim,
To mangu ta'zimda turaman o`zim.
Dilimning tubida yangragan sozim,
- Ezgulik yo`lida tolmang, ustozim!
G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, ustozim!
Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim, 
Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Tole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo`lida tolmang, ustozim!

"Doim e'zozdasiz, aziz ustozim!" Shomurot aka Matkarimovning nafaqaga chiqishi munosabati bilan tashkil qilingan tadbir shunday nomlandi. Tadbir maktab ma'naviyat zalida bo`lib o`tdi. Unda maktab ustozlar jamoasi, ustoz dars bergan sinf o`quvchilari qatnashdi. Tadbirda 8-sinf o`quvchilari Gulmirzayeva Dilnoza va Komiljonova Zilola boshlovchilik qilishdi. Ular dastlab Shomurot aka va uning ish faoliyatiga to`xtalib o`tdilar: " Shomurot aka Matkarimov 1960-yilning 20-fevral kuni Gurlan tumanidagi Birlashgan qishlog`ida tug`ilgan. 1967-1978- yillarda tumandagi 29-maktabda ta'lim olgan. 1978-1983-yillarda Samarqand Davlat Universiteti matematika fakultetida ta'lim olgan. 1983-1997- yillarda tumandagi 31-maktabda o`qituvchi, rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. 1997-yil tumandagi 41-maktab-litseyga direktor lavozimiga tayinlanadi. 2005-2007-yillarda 41-ixtisoslashtirilgan maktabda o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari, 2007-yildan to shu kungacha shu  maktabda matematika fani o`qituvchisi sifatida faoliyat ko`rsatdi".  Tadbirda maktab direktori Sh. Jumatov tadbirni ochib berib Shomurot aka ish faoliyatiga, u kishining insoniy fazilatlariga to`xtalib u kishini "Ulug` ustoz" deb atadi. Uzoq yillar mobaynida maktab ta'limining sifatini oshirishga qo`shgan hissasi uchun Tashakkurnoma va maktab jamoasi sovg`alarini topshirdi. Maktab O`TIBDO` F. Yusupov rahbarlik faoliyatini olib borishda Shomurot aka har doim yordamini ayamaganligini bildirdi. Maktab matematika fani o`qituvchisi B. Kenjayev Shomurot akaga nisbatan maktab pedagogik jamoasida "Buyuk ustoz" tushunchasi ishlatilishini aytib u kishi rahbarlik, o`qituvchilik faoliyati bo`yicha har doim maslahatchi bo`lganligi, u kishining maktab direktorligi davrida maktab o`quvchilari fan olimpiadalari, turli ko`rik-tanlovlar respublika bosqichlarida qatnashishni boshlaganliklari va yuqori natijalarga erishilganligini, shu davrdagi ishlar samarasi natijasida 2005 yildan maktab o`quvchilarining oliy ta'lim muassasalariga  o`qishga kirishi 75-80% ga chiqqanini ta'kidlab o`tdi. O`qituvchilik faoliyatiga to`xtalar ekan B. Kenjayev ustozlar va o`quvchilarga yuzlanib murojaat qildi:" Sardor Bozorboyev, Sardor Bozorboyev deymiz. O`qituvchilarimiz, o`quvchilarimiz u haqda, uning telegramm kanalida o`tkazayotgan olimpiadalari haqida yaxshi biladi. U Toshkentda S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyda o`qib yurganida, O`zbekiston  Milliy Universitetida o`qib yurganida ko`plab xalqaro olimpiadalarda bronza, oltin medallarni qo`lga kiritgan. Lekin matematika fanidan tuman olimpiadasida 1-o`rinni olmagan. Sabab nima?, sababchi kim?"  ...  Sababchi Shomurot aka. Uning o`quvchisi, shogirdi Odilbek O`tamuratov 1-o`rinni egallagan va Sardor 1-o`rinni ololmagan. Odilbek esa viloyat olimpiadasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib ikkinchi o`rinni egallagan. ... Bu xabarni eshitgan zaldagi  butun ustozlar, o`quvchilar Shomurot ustozni olqishladilar. Maktab xotin-qizlar qo`mitasi raisi Feruza Allaberganova ham ustozga "Buyuk ustoz" deb murojaat qilib unga sog`lik-salomatlik, nabiralarini katta insonlar qilib tarbiyalshda kuch-g`ayrat tiladi. Maktab kasaba uyushma qo`mitisi raisi Q. Rajabov ustozni tabriklab unga tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi faxriy yorlig`i va sovg`asini topshirdi. Bu o`quv yilida ishga qabul qilingan, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Zeboxon Xudoyberganova ustozga havas qilib ustoz yo`li ularga ham nasib qilishini so`rashini bildirdi.  Maktab musiqa fani o`qituvchisi, shoir Mahmud Rajapov ustozga bag`ishlab she'r aytib berdi va tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida 6,8,10,11-sinf Shomurot aka ta'lim bergan sinf o`quvchilari tomonidan ustozni madh qiluvchi she'rlar, qo`shiqlar yangradi, raqsga tushib ustozni tabrikladilar.Tadbir yakunida maktab o`qituvchilari estalik uchun ustoz bilan fotosuratga tushdilar. Tadbirni tayyorlashda maktab MMIBDO` H. Jumaniyazov, maktab kutubxonachisi G. Tajiboyeva, musiqa fani o`qituvchisi M. Rajapovlarning hissasi katta bo`ldi. Ustozga sihat-salomatlik tilaymiz. Har doim maktab o`qituvchilaridan yordamini ayamay maktabga tashrib buyurib maslahatlarini berib boradilar deb umid qilamiz.




Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]