XAYOLIMDA YASHAYSAN MANGU
Bir og`ir karvonni olib ketyapman
G`amlardan kuyib men hijron cho`lida.
Majruh yuragimda dardning tikoni
Nishon izlayapman qalbing yo`liga.
Sening qadamingda jannati gullar
Xush bo`yin qiladi olamga ko`z-ko`z.
Mening qadamimda ingrar xazonlar
Armonni quchoqlab faryod chekar kuz.
Yig`layman…ko`zimdan ko`zyoshlar emas,
Dilda dardlrimdan qonlar oqadi.
Qalbimda bo`y cho`zgan armon gullari
Maysiz jom singari unsiz boqadi.
Juda uzun-uzun yo`ldan ketyapman ,
Bir nishon topmasdan qalbingga tomon…
Maxzun xayolimda yashaysan mungu,
Sening mehring menga bo`lsa ham armon.
BAXTIM ISTIQLOL
Ruhim parvoz qilar baxtdan samoda
Butun vujudim uzra shodlik hukmdor.
Daryodan shiddatli tomirlarimda
Kulgu yangrab turar jo`shqin,betakror.
Yuragim kuychalar-baxtning kuyini
Xayollar raqs tushar nozik,lijokor.
Suyak-suyagimga singib xushnudlik
Aks-sado beradi qalbimda takror.
Ko`zlarim quvonchdan boqar hartomon,
Jamoling vasfidan bo`lib hayron,lol.
Baxt koni ochilgan Vatanim uzra-
Mangu porlayvergin-Baxtim-Istiqlol!!!
DEHQON BOBOJON
Qalbingizda yashar poklik,ezgulik,
Quyoshning nuridan kun olgan yuzlar.
Jannat yo`llariga tutash yo`lingiz
Qo`llarim qadoq deb nolinmang sizlar!
Mehrning nuri bor ko`zlaringizda
Olohga,tuproqqa,jondek Vatanga.
Sahro-yu cho`llar ham aylanar zumda
Mehringiz nuridan-go`zal chamanga.
Sizga joningizdan aziz farzanddek-
Yerdan unib chiqqan har bitta nihol.
Ming bir tilni bilar sizning dilingiz,
Tabiat,borliqdan so`rash uchun hol.
Necha bor dunyyoni chiqsam aylanib-
Hech qaydan topmasman sizdek bolajon.
Xalqning yuragida mangu yashaysiz
Qadoqqo`l,quyoshyuz dehqon bobojon!...
Sho`r dengiz suvidek manglay teringiz
Loy qilar tuproqli yo`llarimizni.
Biling dunyolarga alishtirmasman,
Halollik iz solganqo`llaringizni!
******
Yiqilganda suyab turar otamni- tog`im dedim,
Quchog`ida guldek ungan onamni-bog`im dedim.
Mening baxtim yulduzlari-ko`zlarida porlaydi
Har ikkisin yuragimda- so`nmas chirog`im dedim
Pok mehridan qarog`imda olam guldek yashnaydi,
Duosidan yurar yo`lim nurlarga to`lar mangu.
Har so`zida ezgulikning sadolari yangraydi
Ular borki yuragimda jaranglab turar kulgu.
TAQDIR O`YINI
Yuragim pinjiga yashrinib olib,
Qalbda sog`inchlarim yig`ladi yum-yum.
Ko`nglim gulzoriga ekkan gullarning
Barglari xazondek qurib qolgan zum.
Har nafas jonimdek asradim ammo,
Bilmadim ne uchun quridi ular?!
Tegramda aylanib sanchilib dilga
Xasadgo`y tikonlar ustimdan kular.
O`zimdan ortiqroq sevsamda afsus,
Ular yuragimdan uzdi bo`yini.
Bunchalar vafosiz bo`lmasa dunyo
Nima ham deyardim,taqdir o`yini…
OLLOH MO`JIZASI
Mehringiz suvidan ichsa bir bora
G`unchalar yozadi sahroda tikon.
Bosgan izingizda gullar ochilib,
Jannat iforiga to`lar har makon.
Bunchalar go`zalsiz,farishtadeksiz,
Xattoki oyning ham ko`zi qamashar.
Mehringiz nuridan kuyib yanog`i
Quyosh har kun siz-la o`rin talashar.
Eng oliy o`rinda sizning nomingiz
Tirik jonlar mulki yurakda mangu.
Mehri nafasingiz tog`ni so`zlatar,
Har bir tovushidan jaranglar kulgu.
Siz shunday buyuksiz poyingiz uzra-
Tosh qotgan qoyalar ketadi erib.
Siz ufqning yuziga berasiz pardoz
Ko`ngil bog`ingizdan lolalar terib.
Sizning bag`ringizda bitta nuqtadek,
Ming bir sinoatli cheksiz koinot.
Har dam ezgulikka chorlab dilarni
Oppoq orzulardan bog`laysiz qanot.
Kaftdek jussangizda dunyo tashvishi,
Poklik yo`llaridan qaytmas karvonsiz.
Olloh mo`jizasi- munis ayollar
Baxtning osmoniga tutash narvonsiz!!!
12.03.2014
******
Bu foniy dunyodan o`tarman bir kun,
Ishqqa zor yurak-la mehrigadoday.
Sevgimning nafasi mangu qoladi,
Tongni erkalovchi bodi saboday.
Sirdosh gullarimdan midlarim ko`p,
Meni mahshargacha borar kuzatib.
Yelkadosh do`stlarim azim chinorlar
Jannat yo`llarini qolar ko`rsatib….
*******
Saraton …
Bag`rimni tiladi sovuq izg`irin,
Ko`zimdan oqadi muz parchalari.
Sizsiz xazon bo`lib quchadi yerni
Qalbimda ochilgan ishq g`unchalari.
Quyosh …nur
Neligin anglamas ko`nglim gulzori
Armongul barglari to`sar nur yo`lin.
Sizsiz ming faryod-la nola qilsam ham
Menga farishtalar uzatmas qo`lin.
Sababi …
So`ramang,o`rtamang,tilmang dilimni,
Bir kuni…bilarsiz,hammasi ayon.
Armon yomg`irida ketyapman yo`lda,
G`amlarni boshimga qilib soyabon…
26.02.2014
******
Toqatlarim toq emas, tog`dan ortib ketmoqda,
Dunyo sabrim kosalarin yarmini to`ldirolmas.
Ming bo`lakka bo`linsa ham vujudim armonlardan
Ikki dunyo yurakdagi sevgimni so`ndirolmas.
Hijron tog`i bo`y cho`zib,essa armon shamoli,
Dilda ungan orzumning gullarin uchirolmas.
Yetti iqlim daryolari oqib kelsin mayliga,
Qalbimdagi muhabbatning olovin o`chirolmas.
G`amlar bilam orzular har on qilib to`palon,
Asrlardek uzoq-uzoq kunlar bormoqda o`tib.
Mayli barin yuragimga yutib yashayveraman,
Dilga baxtning atirlarin sepmoqligingiz kutib.
Bir bor chindan dil izhorin aytmoqligingiz kutib…
****
Shu kunlar…
Bahorning nafasi keladi,
Xazonrez bog`larning qo`ynidan.
Ko`ngil yayrar kuzning bag`rida,
Atirgulning quchib bo`ynidan.
Olovrang yaproqlar qalbimda,
Muhabbat olovin yondirdi.
Xayyollarning cheksiz osmoni,
O`zimni o`zimdan tondirdi.
Yomg`irlar tomchilab ko`zimda,
Mavjlandi muhabbat daryosi.
Dilimni kuldirar, kuydirar,
Quvonch ,g`am aralash dunyosi .
Turnalar yo`liga bog`landi,
Osmondek musaffo pok sevgim.
Oltin kuzning hadsiz bag`riga,
Sig`may ketdi ,o`tli yuragim.
Yer-u samo yorishdi birdan,
Chechak bo`lib undi xazonlar.
Dilni chayqar belanchagida,
Baxt Quyoshi otgan azonlar.
YURAKDAGI XOTIRALARIM
Yozaversam ko`pdir juda ham
Beboshlig- dilporalarim
Ko`z o`ngimdabir dam
Yurakdagi xotirlarim.
Moviy ko`zlik,tilla sochligim
Qo`g`irchog`-u,o`yinchoqlarim.
Eslatishar bolaligimni
G`amga botsam ovunchoqlarim.
Igna sanchiq koptokchalarim-
Kechiringlar men o`jar qizni!
Dilingizni anglamay turib
Sho`xlik qilib yoribman siz
Doim mendan qo`rqardingiz siz,
Doim mendan qochardingiz siz.
Sizni ushlab yorish istardim
Doim menga yoqardingiz siz.
Qani edi qaytsa bolalik…
Koptoklarni yormasdim hecham.
Ular uchun baxsh etib shodlik
Hamma kabi o`ynardim men ham.
Tilla qnot baliqchalarim
Tutib olib ranjitdim sizni.
Suvsizlikdan o`lib qoldingiz,
Dil soyiga oqizdim sizni…
Hamon borsiz,suzib yurasiz,
Dilning jo`shqin ummonlarida.
Mangu porloq yulduz bolalik,
Xotiramning osmonlarida…
2011-yil
*******
Men kata bo`lyapman kun o`tgan sayin,
Boshingizga yuklab ming-ming tashvishlar.
Ko`zingizda porlar orzu yo`lida
Meni chorlab turar ulug`vor ishlar…
Baxtim yo`llarida orzu- o`yingiz,
Boshimda charx urib turgan xumosiz.
Ollohning men uchun tengsiz inomi-
Ko`ksimga qadlgan oltin tumorsiz!
Yuzingizga boqsam kuyadi dilim,
Men bosgan izlardek ajinlar go`yo…
Shuncha yil yelkangiz o`yganim kamdek
Endi boshingizda g`amlarim dunyo.
Ilohiy malhamdek singib ketsaydim
Qadog`in olmoqchun qo`llaringizga.
Aziz otajonim,munis dildoshim
Dil mehrim poyondoz yo`llaringizga…
CHIN BAXT
Olis yo`llar… Uzun kunlar…Bedor tunlar
Qalbim yurar suzib xayol kemasida.
Qayga bormay,qaysi tilda so`zlamayin
Yurak kuylar Gurlanimning shevasida.
Nafsga boshim egib qo`ymam,tutarman tik,
Aylanmasman mol-u dunyo xumoriga.
Oltin ipli liboslarni teng ko`rmasman,
Onam yopgan o`n besh yillik ro`moliga.
O`zga yurtning gullariga xushim yo`qdir,
Anglamaydi ular ko`nglim fig`onini.
Yuragimga qadab qo`yay tumor kabi
Xorazmimning cho`lda o`sar tikonini.
Sirdosh do`stim oymomo ham olis yurtda
Menga qarab qavoqlarin uyib turar.
O`zbegimning jonga oro oymomosi
Yuragimning osmonida kulib turar.
Mingta dardga davo bo`lar malham oqar
Qishlog`imning loyqa-loyqa soylarida.
Aziz emas o`zga yurtning gulzor, bog`i
Vatanimning sho`rlab yotgan joylaricha.
Har tomonga yugursam ham yeldek yelib,
Boshga qo`nmas o`zga yurtning xumolari.
Menga dunyo mehvaridan taxt kerakmas,
Chin baxtimdir yurtdoshlarim duolari.
*******
Kongil so`qmog`ida yurib ketyapman,
G`amlardan boshimga topmay bir panoh.
Dardga oshyon tutgan majruh qalbimga
Ilohiy madad ber ey qodir olloh!
Dilga ziyo kirmas yorug` dunyodan,
Kuzgi xazonlardek so`ldi gul yuzim.
Gullar urug`ini ekdim deb o`ylab
Qalbimga tikonlar sanchibman o`zim.
Ne qilay,qismatim chidayveraman,
Dardlarimni aytib o`zim o`zimga.
Uzun yo`llardagi kichik bir sinov
Armonning tamg`asin bosdi ko`ksimga…
ORZUMDAGI ALPOMISHIM
Orzularim osmonidan tushib pastga
Baxt gullarin eking ko`zim tuprog`iga.
Faqat xayol ummonida suzavermay
Quloq tuting bir bor qalbim titrog`iga.
Jannat bo`yli gulg`uncham deng,gulim deng
Dilbog`ingiz iforimga to`lib ketsin.
Mangu ishqni kuylaguvchi bulbulman men,
Xonishlarim qalbingizga mehrim eltsin.
Siz shundayin tilsimotsiz,ko`zingizda
’’Orzu”nomli favvoralar oqib turar.
Har dam baxtdan kulib turar yuzingizda
Farishtalar nur nigoh-la boqib turar.
Boshim egib o`tadurman bir umrga
Ishqoldida yerdan olmay kuragimni.
Qirqta emas,mingta jonim fido sizga
Bo`yningizga tumor qiling yuragimni.
Orzumdagi Alpomishim begim mening
Yuragida uchar otlar dupuri bor.
Xayollarning osmonida balqsa ro`yo
Ko`nglimizning gulzoriga tushmas g`ubor…
YOR-YORLARSIZ DUNYONI TARK ETGAN QIZ
Bag`ri qondek qizg`aldoqsan-g`unchalari ochilmagan,
Sen Quyoshsan-ko`ngillarga dur,gavhari sochilmagan,
Qaro ko`zi yer o`psada,QALB ko`zlari yopilmagan,
Yor-yorlarsiz dunyoni tark etgan qiz.
Onaizor fig`onidan falak zor-zor yig`lab turar,
Bahordek pok orzulari kuz bag`rida ingrab turar,
Aytilmagan dilrozlari yor yuragin tig`lab turar,
Yor-yorlarsiz dunyoni tark etgan qiz.
Osmonlarda uchib yurgan ota bag`ri qonga to`ldi,
Singlisini yerga qo`ygan akalarning rangi so`ldi,
Taqdir ekan go`shangaga tobut bilan kirar bo`ldi,
Yor-yorlarsiz dunyonitark etgan qiz.
YOMG`IRLAR
Yomg`irlar…
Siz buncha tozasiz,bunchalar sofsiz,
Iforiningiz g`arib ko`nglimga malham.
G`uborlarga qo`shib dunyo sathida
Yuvib keting mening yuragimni ham.
Qayg`u,gumonlarning qolmasin izi,
Dil-"ishonch”atalmish ezgu yo`l ochsin.
G`amlar bag`ridagi ko`nglim ufqida
"Baxt” quyoshi kulib,zarrin nur sochsin.
BAG`RING OCHARMISAN
O`zga yurtda xatosini
anglab yetgan Vatangadoning faryodi
Taqdirim gullarin o`z qo`lim bilan
Olis manzillarga yubordim sochib.
Ona tuprog`imning qadrin bilmadim,
Qayga ham borardim nafsimdan qochib
Yuribman shu nafsning sahovatidan
Sochilgan tuzlarim cho`plamoq uchun.
Pulim yo`q jonimni berishga shayman,
Vatanim suvidan ho`plamoq uchun.
Tushimga kiradi har kuni bedor,
Onamning chehrasi,otamning bog`i.
Qalbim sog`inchiga qo`shilib yonar,
Hovlimning suvoqsiz,yoriq o`chog`i.
Qaniydi,qaniydi,bo`lsa qanotim,
Bir zum ham to`xtamay,uchib borardim.
O`zim iflos degan tuproq yo`llardan
Yurak,bag`rim bilan bo`sa olardim.
Qizim ,kechir meni,jonim qizgiam
Bir ota singari bo`lmadim tog`ing,
"Otam” deb y`limga intiqsan,zorsan,
Sog`inch-u alamga to`la qarog`ing.
O`glim,rozi bo`lgin,ko`zimning nuri,
Ollohim oldida dildan qasam ich.
Sen menga o`xshama,mendek yashama,
Mening xatoimni takrorlama hech.
Ko`zi ko`r bulbuling ko`rmoqda bugun,
Guldanda go`zalim,qalbi gulzorim.
Kechir,baxtimizni asray olmadim,
Armonga to`ladir,yurak,dilzorim.
Sen JANNAT ekan,kechirgin meni,
Tanimni qiymala,og`rimas jonim.
Ollohim sen tomon yo`llasa bir kun
Bag`ring ocharmisan,O`zbekistonim?!
08.04.2014
ORZULAR OSHYONI
Qani edi sayroqi bir qush bo`lsam,
Bor ovozda vatan madhin kuylasam.
Kuylaganda hamma menga lol qolsa,
Bundan jo`shib men ham kulib quvnasam.
Kamalakdek tovlanib osmon uzra bo`ylasam,
Yashnatar inson ko`zin yeti rangning jilosi.
Pok,beg`ubor qor bo`lib butun olam bezasam,
Shu qordek oppoq bo`lsa insonlarning orzusi.
Quloch yozib samolarni quchsam edi,
Qanot qoqib bulutlarga qo`nsam edi.
Shu orzular oshyonida kezadi mening qalbim,
Ushalsa gar mo`jiza yuz berar edi…
BEVAFO QUYOSH
Sevgi deb atalmish zarrin bir quyosh
Qalbim osmonida mag`rur porlardi.
Buyuk orzular-u,shirin xayol-la,
Baxtning makoniga meni chorlardi.
Bir kun quyosh chiqmadi,kutdim,
Ko`zim nurlarini tikdim yo`liga.
Sevgimning bog`lari,baxt gulzorlari
Aylandi oxiri sevgi ko`liga.
Barcha orzularim,shikasta ruhim
Shu ko`lda baliqdek suzib yuradi.
Bevafo quyoshning o`tli izlari
Yuragim,bag`rimni tilib turadi.
Hamon kutmoqdaman o`sha quyoshni,
O`tli zarralari yuragimdadir.
U balqib tursa ham o`zga osmonda
Baxtning manzillari tilagimdadir….
*****
Charchdim bu dimiq xonadan.
Har yonga otaman qog`ozni.
"O`zimni topaman,bo`ldi,bas”
Bo`g`zimga tiqilar ovozim.
Eshikni yopaman,”Hech kim yo`q”
Osaman bir parcha e`lonni.
Bilmabman,o`zimdan ketib men
Yuzidan o`pganim ilonning.
Nafs ilon.zahri hech bilinmas,
O`ralib boshga ham chiqarkan.
Ko`zida jdu bor,kuchsiz ham
Tog`dayin dilni ham yiqarkan.
Izladim o`zmni kun –u tun,
Bir toshga urildim,nogahon.
Zirqirab yig`ladi yuragim.
-"O`zimga qaytaaman,bas,tamom”
Eshikka qarayman”Hech kim yo`q”
Yirtaman,bu-nafsi e`lonni.
Angladim,o`zimni emas nen,
Yo`lida ekanman ilonning.
Xursandman bu fayzli xonada,
Quchoqlab o`paman qog`ozni.
O`zimni topdim men,baxtliman,
Tilimda jaranglar ovozim.
JANNAT BOG`I
Dunyoda bir yurtning barcha insoni
Qalbida mehrdan qurar ekan tog`,
Qurigan xaslar ham gul bo`lar ekan,
Bolasi onaga alla aytgan chog`.
Mehnatkash,mehmondo`st, sahiy,kamtarin,
Oliy fazilatlar bari bunda bor.
Quyoshdek charaqlab kulib turguvchi
Insonlar dilida mangulik bahor.
Husn-u chiroyiga oshiqdir dunyo,
Jilvasi ko`ngilning dardin oladi.
Bir bora havas-la kelgan har mehmon
Bu yurtni yurakdan sevib qoladi.
Qushlar misol erkin va hur insonlar
Qayerga bormasin ochiqdir yo`li.
Barcha ahil yashar,do`st,inoq yashar,
Hech qachon charchamas mehnatdan qo`li.
Dilda ezgulikdir,faqat yaxshilik,
Omad ham,olloh ham qo`llab turadi.
Baxtning madhin,iftixor-u shon madhin
Insonlar dilidan kuylab yuradi.
Tuprog`idan oltin unar, zar unar,
Shunday nodir,topilmas bir makondir.
Olam aro tengi yo`q makon nomi
Jannat bog`I degan O`zbekistondir.
Men O`zbek farzandiman
Men O`zbek farzandiman,
G`urur- dono ustozim.
Or va nomus -akamdir,
Faxr- dildagi sozim.
Dilkash,mehribon opam
Hayo qalbim chirog`i.
Jajji singlim –Iboning
Yuragimda ardog`i.
Kamtar,sahiy-chin do`stim
G`amga botsam yupanchdir.
Qadrdonim Mehnat esa
Doim menga tayanchdir.
Qalbimga nur berguvchi
Qadr –mrning sirdoshim.
Mehr ota-onamdir
Har lahzada dildoshim.
MANGU BAHOR
Bugun dillar shoddir,obodsan yurtim,
Husn-u jamolingdan quvonar ko`zlar.
Istiqlol shaniga olqishlar aytib
Duoga hamnafas dildagi so`zlar.
Har yoning go`zaldir,jilvagar,chaman
Tinchlik shukuhidan kunlar charog`on.
Dunyoga madhingni kuylab yurguvchi
O`zbek bolasiga havasda jahon.
Qayerga uzatsak yetgaydir qo`llar,
Har tomon ochilgan imkon eshigi.
Onasan farzandin jondan suyguvchi
Yurakda mangudir qadr beshigi.
Har oila qo`rg`oni mustahkam,obod,
Olam munavvardir ko`zlarda quvonch.
Baxtlar makonining gulgun taftidan
Hayotga talpinar dillarda ishonch.
Yerni erkalovchi quyosh singari
Xalq boshin silaydi dono sarboni.
Obod zaminimning bag`rida doim
Tinch va baxtli o`tar umr karvoni.
Shamol shiddatidek oshar shuhrati,
Ilm-fan konidan dunyo bo`lar lol.
Olamda tengi yo`q O`zbekistonning
Mangulik bahori bo`lgin –ISTIQLOL!!!
OTAMNING DUOLARI
Qalbimni yoritar tanho bir nur bor,
Shu nur-la yo`llarim yorug`dir har dam.
Mayin bir sehri bor,sadolari bor,
Yangrasa jumbushga kelar bu olam.
Quyoshning nurlari ketar chekinib,
Bu nurning hayotbaxsh,otash taftidan.
Tunda oy hijolat tortadi hatto,
Yulduzlar sakrashar osmon kaftidan.
Shundayin qudratli,shundayin buyuk,
Bu nur-la chumoli devni qulatar.
Orombaxsh sehridan ko`ngillar yayrab
Mangulik muzlar ham suv bo`lib ketar.
Kerakmas,men uchun tog` qadar oltin,
Bu foniy dunyoning jilolaridir.
Dunyo boyligidan ustun bilganim
Mehribon otamning duolaridir.
SAHOVAT
Daraxtlardan yaproqlar emas,
Mening dardim to`kilar bir-bir.
So`lib qolgan gullar yanog`I
Xazon bo`lgan kulgularimdir.
Dilga yoqmas so`ngsiz shamollar-
Qalbimdagi faryod-u ohim.
Oqqush aytgin orzum yo`ldan
Kesib o`tdi qaysi gunohim?
Falak uzra cheksiz turnalar
Olib ketdi tuyg`ularimni.
Shodliklarim olib yurakdan
Joylab ketdi qayg`ularimni.
Tomchi-tomchi yog`ayotgan yomg`ir-
Mening darddan to`kkan ko`z yoshim.
Samo tinchin buzgan chaqmoqlar-
Alamlardan qiynalgan boshim.
Belidan kesilgan daraxtlar-
Yuragimning jarohatidir.
Ko`nglim uzra makon tutgan kuz
G`ururimning sahovatidir.
ONA QISHLOQ
Har kuni erta tong quchib quyoshni
O`tli yuzlaridan o`pib qo`yaman.
Ona yer chehrasin ochib uyqudan
Xizir suvlaridan sepib qo`yaman.
Qay tomon boqmayin,behisht bog`lari,
Soylarda o`ynaydi suvlar qiqirlab.
Bir chetda iymanib majnuntol sekin
Soylarga so`ylaydi dardin pichirlab.
Mayin shamol tursa qilib injiqlik,
Burglar ergashadi soyam izidan.
Yomg`ir yog`ib o`tsa butun bir borliq,
Yorishib ketadi gulob isidan.
Arg`imchoq uchirib qaytaman deya,
Gujumlar qo`limdan tortib ketadi.
Sarvqomat teraklar dilrozlaridan
Qalbimda hayajon ortib ketadi.
O`zimni uraman gulzorlariga,
Bag`ri qon lolaga tutashgan dilim.
Gul bilan sozlashar suhbatlarimni
Ta`riflab berishga ojizdir tilim.
Bir so`lim jiydazor uzun yo`llardan
Yursam ayamayman oyoqlarimni.
Quyoshga hamohang gavharshodadan
Uzib ololmayman nigohlarimni.
Dalada oqqushlar turar saf tortib,
Kuz kelib ochilsa oltin hirmoni.
Quyoshda qoraygan gulgun yanoqlar
Olqishlab yuradi baxtli zamonni.
Meni chorlaydilar gulgun yanoqlar,
Qo`l bilan ko`rishib chiqaman bir-bir.
Qadoq qo`llari-yu qoraygan yuzlar
Qaro mehnatining nurli izidir.
Zanggorrang osmoni kaftimda go`yo,
Quyoshjon men bilan suhbat quradi.
Mening taftdoshlarim,sevganim deya
Zarrin nurlarini sochib turadi.
Dilda ardoqligim ona qishlog`im,
Eng buyuk so`zlarim senga atalgan.
Mehnatga jo bo`lgan qadoq qo`llarning
Tikkan ko`z tumori dilga qadalgan.
Meni duo qilib tursang bo`lgani,
Ilhomim maskani-dilistonginam.
Seni olam aro tanitmasam gar-
Qizim dema meni-Gulistoginam!