Inson dunyoga keladi, ota-onasi qo`lida tarbiyalanadi. Ota-ona o`z bolasini ne-ne umidlar bilan katta qiladi. Uni bilim dargohi tomon yetaklar ekan qalbi orzuga to`ladi. Bilim maskanida esa bu murg`ak qalb egasini chehrasida qandaydir mehr barq urib turgan sof qalb egasi, mo`tabar zot - ustoz kutib oladi.Ilk bora ko`rib turgan jajji bolajonni o`z bolasidek sevish, unga bilim berish faqatgina metin bardosh egalarigagina xos. Bu insonlar o`quvchisi ilk bor ,,Vatan’’ so`zini yozganida ko`zlariga yosh oladilar.Bu insonlarning mehri shunchalar kuchliki, ular ko`z nurini, mehrini ayamay o`quvchini barkamol va yetuk, Vatanga kerakli inson qilib tarbiyalaydilar.
Gurlan tumanidagi 41-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Sobirova Gulsara ustoz ham shunday insonlardan biri .Ular o`quvchilarga o`z ona tillarining naqadar go`zal va boy til ekanini o`rgatganlar. Ustozning har bir so`zi biz o`quvchlarni adabiyotga bo`lgan qiziqishimizni yanada oshirar, ona tilimiz va ona Vatanimizga bo`lgan mehrimizni yanada oshirardi.
Ular nafaqat ustoz, balki maslahatdosh va hamfikr ham edilar. Ustozimiz tuman va viloyat miqyosida o`tkazilgan turli ko`rik tanlovlarda faxrli o`rinlarni egallagan. Shogirdlari bir necha bor viloyat va respublika tanlovlarida ham g’olib bo’lgan.
Bu yili ustozimiz nafaqaga chiqdilar. Bunday baxt sizga nasib etganidan xursandmiz. Farzandlaringizning rohatini ko`rib yuring. Biz kabi shogirdlar ham sizga o`xshagan inson bo`lishga harakat qilamiz. Kirib kelayotgan "1-oktabr - O`qituvchi va murabbiylar kuni” bilan sizni chin qalbimdan tabriklayman. Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr tilayman.
Jumaboyeva Madina
Gurlan tumanidagi 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi 8-sinf o`quvchisi