Yurtimizga qalblarimizni olam-olam quvonch, shodliklarga, shirin his-tuyg'ularga to'ldirib bahor fasli kirib keldi. Bahor faslining eng quvonchli bayramlaridan biri Navro'zdir. Qadimiy va betakror milliy o'zligimizni anglash timsoli bo'lmish Navro'z ayyomi istiqlol sharofati tufayli yangicha mazmun kasb etmoqda. Bu muqaddas shodiyona yurtimizning tinchlik, ezgulik, saxiylik, bunyodkorlik bayramiga aylanmoqda.
Bir necha ming yillik tarixga ega ushbu bayram ajdodlarimiz tomonidan sharqona yangi yil sifatida keng nishonlab kelingan. Inson va tabiat o‘rtasidagi mushtaraklik, dehqonchilik mavsumining boshlanishi Navro‘z shodiyonalarida o‘z ifodasini topgan.
Ana shu ayyom, ana shu tantana 20 mart kuni "Birlashgan" qishlog'ida ham keng nishonlandi. Navro'z saylida yosh-u qari ishtirok etdi. Dasturxonlar navro'z taomlari bilan bezatilgan. Bir xil milliy libosdagi kiygan 41-maktab qizlarining o`zbekona raqslari barchaning diqqatini tortdi. Poytaxtlik mehmonimiz Turg'un Beknazarov barchani bayram bilan qutladi, kuylagan qo'shiqlari barchaga jo'shqin kayfiyat ulashdi.
21-mart kuni "Alisher Navoiy" nomidagi tuman istirohat bog'ida shodiyona davom etdi. Maktabimiz o'quvchilari ham o'z chiqishlari bilan qatnashdilar.
Xazrat А. Navoiy:
"Har tuning qadr o'lubon,
Har kuning bo'lsin Navro'z" deganlaridek, tinch yurtimizda hamisha Navro'z bo'laversin. Har bir kunimiz shu Navro'z shodiyonasidek quvonchli bo'lsin.
Omonboyeva Nilufar, boshlang`ich sinf o`qituvchisi.