gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Bitiruvchi - 2005

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 2015 yil 30 may kuni maktabimizni 2005 yil tamomlagan bitiruvchilarning 10 yillik uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda 21 nafar sobiq maktab bitiruvchilari, ularga ta'lim bergan ustozlar jamoasi qatnashdi. Uchrashuvni maktab direktori Shuhrat Jumatov ochib berib, maktabimizni 2005 yilda tamomlagan "87" larning  ilm olishga bo`lgan intilishi, turli tadbirlar, tanlovlar, fan olimpiadalarida erishgan yutuq, muvaffaqiyatlariga to`xtalib o`tib, jumladan quyidagi fikrlarni bildirdi: Bu bitiruvchilarimizning 90 % i o`qishlarini davom ettirib oliy ma'lumotga ega bo`ldi, o`sha davrda qishloq ahli orasida "litseyda o`qisang bo`ldi, o`qishga kirasan" degan tushuncha paydo bo`lishiga sababchi bo`ldilar ( 1993 yilda tashkil topgan maktabimiz oldin 3-litsey deb atalgan, hozirgi kunda ham xalq orasida maktabimizga nisbatan litsey so`zi ishlatiladi). Maktab sobiq bitiruvchisi Tangirova Zulxumor 2004 yilda respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashishni boshlab bergan bo`lsa, keyingi yillarda o`quvchilarimiz bu an'anani davom ettirib respublika miqyosidagi ko`rik-tanlovlar, "Bilimlar bellashuvi" da muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Bu yilgi "Bilimlar bellashuvi" viloyat bosqichida  6-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobarning matematika fanidan 100 imkoniyatdan 100 ball to`plab I-o`rinni egallashi sizning bugungi 10 yillik uchrashuvingizga bizning sovg`a deb qabul qilasizlar".  Maktab matematika xonasida o`tkazilgan 1 soatlik matematika darsi o`quvchilarda o`quvchilik yillaridagi davrlarini esga solgan bo`lsa ajab emas. Darsda maktab matematika fani o`qituvchisi, "87" larni litseyga qabul qilib olgan, litseydagi  dastlabki sinf rahbari Bahodir Kenjayev  matematika fani bo`yicha o`quvchilarga savollar bilan murojaat qildi. Sobiq bitiruvchilarning tezkorlik bilan, tavakkaliga, o`quvchilarga xos harakatlar bilan javob berishga harakat qilishi, o`qituvchi tomonidan sobiq o`quvchilar tomonidan berilgan javoblar tahlil qilib borilishi, sobiq bitiruvchilarni xuddi yana maktab davriga qaytgandek his qilishlariga asos bo`ldi. Dars jarayonida har bir o`quvchi oilaviy hayoti, egallagan kasbi haqida aytib o`tdilar. Bayramona bezatilgan stol atrofiga qaytgan ustozlar, sobiq bitiruvchilar o`z ezgu tilaklarini bildirdilar, birga raqsga tushdilar. Uchrashuv yig`ilganlarda katta taasurot qoldirdi. Barcha sobiq bitiruvchi, bugungi kunda tuman hokimligida faoliyat ko`rsatayotgan Jumatov Ahmad boshchiligidagi tadbir tashkilotchilariga tashakkur bildirishdi. 
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]