gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik.

“Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik.

  "Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichida maktabimiz sharafini himoya qilgan o`quvchilarning ko`pchiligi ishonchni oqlashmadi. O`tgan yili bellashuv tuman bosqichida 11 nafar o`quvchimiz g`olib bo`lib, ulardan 4 nafari viloyat bosqichida qatnashgan bo`lsa, bu yil 5 nafar o`quvchimiz faxrli o`rinlarni egallashdi va ulardan faqat 1 nafari viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo`lga kiritadi. Jumladan 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar matematika fanidan 100 imkoniyatdan 100 ball to`plab I-o`rinni, 5-sinf o`quvchisi  Matkarimova Hakima ona tili va adabiyoti fanidan II-o`rinni, 8-sinf o`quvchisi O`rolov Jonibek Informatika fanidan , 7-sinf o`quvchisi  To`liboyeva Zebo tarix fanidan, 5-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Mohinur rus tili va adabiyoti fanidan III-o`rinni egallashdi. Balkim bunga maktabimiz kapital  rekonstruksiya qilinayotgani-yu, o`qish jarayoni qo`shni maktabda davom etayotganini bahona qilib ko`rsatarmiz.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]