gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi yakunlandi.

"Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi yakunlandi.

  Gurlan tumani 4, 43-maktablarida "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi 1,2,3,4 - aprel kunlari o`tkazildi. Maktabimiz o`quvchilari 10 ta fandan "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichida maktabimiz sha'nini himoya qildilar. Dastlabki ikki kun mobaynida o`quvchilarimiz matematika, informatika, geografiya, ingliz tili va tarix fanlaridan tumandagi tengqurlari bilan bahslashdilar. Matematika fanidan 8-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun 100 imkoniyatdan 100 ball, 6-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 87 ball, informatika fanidan 8-sinf o`quvchisi Davlatov Dilshod 85 ball to`plab I - o`rinni, matematika fanidan 5-sinf o`quvchisi Nazarov Quvondiq, tarix fanidan 8-sinf o`quvchisi Jumaniyazov Jo`rabek, ingliz tili fanidan Jumaboyeva Arjumand III-o`rinni egalladilar. Keyingi ikki kun yana 5 ta fandan o`quvchilarimiz fizika, rus tili, biologiya, kimyo, ona tili fanlaridan tengqurlari bilan bahslashdilar. Rus tili fanidan maktabimiz sha'nini himoya qilgan 6-sinf o`quvchisi Quronboyeva Mashhura 96 ball to`plab I-o`rinni, fizika fanidan 7-sinf o`quvchisi Siytimmatov Otamurod, 8-sinf o`quvchisi Vaisov Adham II-o`rinni, biologiya fanidan 6-sinf o`quvchisi Aminova Munira, 8-sinf o`quvchisi Davlatboyev Shahzod III-o`rinni egallashdi. "Bilimlar bellashuvi" ning ushbu bosiqichida maktabimiz o`quvchilaridan 11 nafari faxrli o`rinlarni egalladilar. Jumladan, 4 nafari I-o`rinni egallab viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritishdi. O`ylaymizki, ular bellashuvning keyingi bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.   
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]