“Jaholatga qarshi ma’rifat” turkumidan 2018 yil 2 aprel kuni “Salomlashish odobi” mavzusida yig`ilish o`tkazildi.
Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari : B. Kenjayev
Yig`ilish kotibi: 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisi: D. Nurmetova
Yig`ilish qatnashdi: Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon, 6 nafar o`qituvchi, 93 nafar yuqori sinf o`quvchilari , jami 102 kishi qatnashdi.
Yig`ilish 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi “Ma’naviyat zali” da bo`lib o`tdi.
Kun tartibidagi masala:
1. Salomlashish odobi.
Eshitildi:
Yig`ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev ochib berdi. U yig`ilish mavzusi va va ma’ruzachi bilan tanishtirdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon belgilangan ma’ruza matni asosida o`quvchilarga tushuncha berdi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida “Prezident yoshlarga dinni, islomni tanishtiringlar degan. Ota-onamiz, o`zimiz islom dinida. Islom dini bizning bu dunyoga kelishimiz, yurishimiz, turishimizni ko`rsatib beradi. Masjidga o`ng oyoq, hojatxonaga chap oyoq bilan kiriladi. Imom Buxoriyning “Odoblar xazinasi” kitobida salomlashish odobi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Kitobning 40-bobida salom berishning boshlanishi Asssalomu alaykum . Olloh taolo odamni suv va tuproqdan yaratgan, jonimiz olloh taolo omonoti. Olloh taolo odam bobomizga salom berishni o`rgatdi.. Assalamu alaykum ollohning 99 sifatidan biri. Farishtalar assalamu alaykum va rahmatulloh deydilar. Hozirgacha xalq nuqsonga uchrab kelmoqda. Salomni tarqating, salomat bo`lasiz. Va alaykum assalom uchun ham ajr yoziladi. Mo`min bo`lmaguncha jannatga kirmaysiz. Bir-birlaringizga salom bering. Bu dunyoda ilmdan boshqa najot yo`q va bo`lmagay (Buxoriy). O`zaro salomlashib, o`zaro muhabbatda yurganlar jannatga kiradi. Tanigan, tanimaganga salom berish kerak. Shunda ular orasida muhabbat paydo bo`ladi, ana shu odam payg`ambar bilan jannatda birga bo`ladi. Prezidentimiz “Obod qishloq” deb qancha uylarni obod qilmoqda, mol, tovuq bermoqda. Gurlanga 1mlrd 300 mln so`m sadaqa qilindi. Yo`q xo`jaliklarga yordam berish kerak, shunda jannatga kirasiz. Assalomu alaykumni ko`paytirsangiz jannatga kirasiz. Ulovdagi kishi yurib borayotgan kishiga, yurib borayotgan kishi o`tirgan kishiga salom berishi, ozchilik ko`pchilikka salom berishi kerak. Ikki piyodan qaysi biri avval salom bersa, shuniki afzaldir. Payg`ambar – mo`min-musulmonlarga xushxabar yetkazuvchi. Bu ishni qilsang jannatga, u ishni qilsang do`zaxga tushasan deydi. Payg`ambarimiz sahobalariga ulardan oldin salom berganlar. Duolarning ichida eng afzali: ollohdan iymon so`rang, ofiyat so`rang.Sammaykum – senga o`lim tilayman degani. Shuning uchun salomlashish bizda: Assalomu alaykum. Olloh taolo sizga sog`lik-salomatlik bersin degani.
Ma’ruza yuzasidan o`quvchilardan T. Samandarov, L.Raximboyeva, M. Jumaboyeva o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ma’ruzachi berilgan savollarga atroflicha to`xtalib javob berdi. O`quvchilar tadbirdan o`zlariga ma’naviy ozuqa olishdi. Bugun berilgan tushunchalardan o`zlariga to`g`ri xulosalar chiqarib salomlashish odobiga rioya qilishlarini bildirdilar.
Yig`ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev yopiq deb e’lon qildi.