gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Jaholatga qarshi ma’rifat

Jaholatga qarshi ma’rifat

Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o`tkazilgan yig`ilish

B A Y O N N O M A S I

2017 yil 19 dekabr 41-UO`T maktabi
Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori : Sh. Jumatov
Yig`ilish kotibi: 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisi: D. Nurmetova
Yig`ilish qatnashdi: Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon , 7 nafar o`qituvchi, 89 nafar yuqori sinf o`quvchilari , jami 97 kishi qatnashdi.
Yig`ilish 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi “Ma’naviyat zali” da bo`lib o`tdi.

Kun tartibidagi masala:

1.Jaholatga qarshi ma’rifat.

Eshitildi:

Yig`ilishni maktab direktor Sh.Jumatov ochib berdi. U yig`ilish mavzusi va ma’ruzachi bilan tanishtirdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon belgilangan ma’ruza matni asosida o`quvchilarga tushuncha berdi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” turkumidan o’tkazilgan suhbatlar yuzasidan umumlashtirib tushuncha berib o’tdi. Unda Islom dinining boshqa dinlardan farqli tomonlari, Payg’ambarlar haqida,ularning ezgu amallari haqida aytib o’tdi. Shuningdek ilm olish har bir musulmon kishining ham farz ham qarzi ekanligi, har qanday ilm xoh u dunyoviy bo’lsin, xoh diniy bo’lsin barchasi Ollohning ilmi ekanligi, farzandlar voyaga yetguncha olgan ilmlarining savobi ota-onasiga, voyaga yetgandan keyin olgan ilmlari o’zlari uchun yozilishini aytib o’tdi. Shuningdek Islom olamidagi eng so’ngi payg’ambarimiz Muhammad s.a.v haqida,uning kitobi “Qur’oni Karim”da keltirilgan hadislardan namunalar keltirib o’tdi.
Ma’ruza yuzasidan maktab direktori Sh. Jumatov o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Yig`ilishni maktab direktori Sh. Jumatov yopiq deb e’lon qildi.


Yuqorida ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi.

Yig`ilish qarori:

1.Sinflarda sinf rahbarlari tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ma’ruzadan olgan taasurotlarim mavzusida suhbatlar tashkil qilinsin.
2.Yuqoridagini nazorat qilish maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayevga yuklatilsin.



Maktab direktori: Sh. Jumatov


Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]