2018 yil 7 mart Gurlan tuman “Qora alam bobo” masjidi noibi kotibi To`rayev Mahmudjon, 11 nafar o`qituvchi, 87 nafar yuqori sinf o`quvchilari , jami 101 kishi qatnashgan yig`ilish ”Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida yig`ilish o`tkazildi . Yig`ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev ochib berdi. U yig`ilish mavzusi va va ma’ruzachi bilan tanishtirdi. Yuqoridagi masala yuzasidan Gurlan tuman “Qora alam bobo” masjidi noibi kotibi To`rayev Mahmudjon belgilangan ma’ruza matni asosida o`quvchilarga tushuncha berdi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida “Islom dinida doimo bir-birlariga yaxshilik qilishga amr qilinganligi, jumladan, dunyoga kelishiga sababchi bo`lgan ota-onasiga yaxshilik qilish lozimligi buyurilgan. Ota-ona har bir inson uchun juda mo`tabar, e’zozli ulug` kishilardir. Ota-ona kim bo`lishidan qat’iy nazar, ularni hurmat-ehtirom bilan ularga yaxshilik qilish har bir farzand uchun zarur vazifalardandir… Muhtaram ota-onalar farzandlari kamoli, ularning chin inson bo`lib ulg`ayishlari, ta’lim-tarbiya olishlari, kasb-hunar o`rganishlari yo`lida jonlarini, mollarini, kuch-g`ayratlarini safarbar etishadi. O`g`il qizlarining axloq-odobini, ilm-salohiyatini o`nglashadi… Bizni dunyoga keltirib, avaylab o`stirgan, nimani xohlasak, muhayyo qilgan, bizlarga odob-axloqni va kasb-hunarni o`rgatgan, ilm bergan, hayotga yo`llagan, uylab-joylagan, odamlar qatoriga qo`shgan, umrlari nihoyasigacha ardoqlagan ota-onalarni hurmatlash, ularga yaxshilik qilish, mehribonlik ko`rsatish har bir insonning eng sharafli burchi sanaladi”.