Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” turkumidan “Ilm fazilati” mavzusida o`tkazilgan yig`ilish
B A Y O N N O M A S I
2017 yil 29 noyabr 41-UO`T maktabi
Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari : B. Kenjayev
Yig`ilish kotibi: 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisi: D. Nurmetova
Yig`ilish qatnashdi: Gurlan tuman “Qora alam bobo” masjidi noib kotibi To`rayev Mahmudjon, mahalla imomi Qurbonov Dilshod, 6 nafar o`qituvchi, 88 nafar yuqori sinf o`quvchilari , jami 96 kishi qatnashdi.
Yig`ilish 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi “Ma’naviyat zali” da bo`lib o`tdi.
Kun tartibidagi masala:
1.Ilm fazilati.
Eshitildi:
Yig`ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev ochib berdi. U yig`ilish mavzusi va va ma’ruzachi bilan tanishtirdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan Gurlan tuman “Qora alam bobo” masjidi noib kotibi To`rayev Mahmudjon belgilangan ma’ruza matni asosida o`quvchilarga tushuncha berdi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida “Hadisi sharifda olimlarning darajasi ilm olmagan mo`minlarning darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir, har darajaning orasi besh yuz yillik yo`lga teng. Hadisi sharifda olimga yerdagi va osmondagi barcha narsalar istig`for aytadi. Yerdagi jonzotlar, osmondagi maloikalar istig`for turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi ? Insonlarning afzali hojat tushsa foyda beradigan, behojat bo`linsa, o`ziga foyda beradigan iymonli odamdir. Olim insonning yer yuzidagi ishonchli kishisidir. Ilm moldan yaxshida u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo`riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol ishlatish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo`ladi. Boshqa bir oyati karimada agar bilmasanglar ahli ilmlardan so`rangiz deb marhamat qilinadi ”
Ma’ruza yuzasidan mahalla imomi Qurbonov Dilshod o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Yig`ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev yopiq deb e’lon qildi.