gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish” mavzusida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi

“Voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish” mavzusida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi

Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabida “Voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish” mavzusida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi

B A Y O N N O M A S I

2017 yil 16 dekabr 41-UO`T maktabi
Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori Sh. Jumatov
Yig`ilish kotibi: 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev
Yig`ilish qatnashdi: Maktab direktori Sh. Jumatov, MMIBDO` B. Kenjayev, maktab yetakchisi D. Nurmetova, maktab amaliyotchi psixologi D. Shomuratova, Nukus mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, mahalla maslahatchisi D. Erimmetova, 10 nafar sinf rahbari, 113 nafar ota-ona, jami 129 kishi.
Yig`ilish 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi “Ma’naviyat zali” da bo`lib o`tdi.

Kun tartibidagi masala:

1. Voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish
Eshitildi:

Yig`ilishni maktab direktori Sh. Jumatov ochib berdi va yig`ilishda qatnashishi kerak bo`lgan shaxslar haqida ma’lumot berildi. Yig`ilish mavzusi va maqsadi bilan tanishtirdi. Yuqoridagi mavzu yuzasidan maktab direktori Sh. Jumatov xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilgan tavsiya asosida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida “ bugungi ota-onalar yig`ilishidan maqsad bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasida ota-onalarning psixologik bilim va ko`nikmalarini oshirish, ularning maktab ma’muriyati bilan samarali hamkorligini yo`lga qo`yish. Bolalarni tarbiyalash va kamol toptirish majburiyati ota-onalar zimmasiga yuklatilgan. Ota-onalar va farzand o`rtasidagi uyg`un munosabatlarda ta’lim va tarbiya masalalariga ma’suliyat hissini kuchaytirish lozim. Bolalarning tarbiyasida ota-ona namunasi katta rol o`ynaydi. Ota-ona va farzand o`rtasidagi muloqot tarbiyaning asosiy omili. Ota-onalarning farzand oldidagi asosiy vazifalari va ularni amalga oshirishda psixologik yondashuv kerak. Bolaga “uy vazifasi” oldidagi qo`rquvni yengib o`tishga yordam berish kerak. Farzandingizga g`azablanmasdan harakat qiling. Farzandingiz qiynalayotganini ko`rsangiz, muammoni chuqurlashtirmasdan yordam bering. Bolani mustaqil qaror qabul qilishga o`rgating. O`zingizga o`zingiz nima uchun dars tayyorlash kerakligini tushuntiring. Bolaning hayotiga qiziqish bildiring, faqat baholariga emas. Bolani yomon o`qigani uchun jazolamang.”.
Yig`ilishda yuqoridagi masala yuzasidan muzokaralarda Nukus mahalla fuqarolar yig`ini raisi Gulmirza Jumaniyazov, ota-onalardan Raximov Otaxon, Xalillayev Xolmurot, Matyakubov To`liboy, Sherimova Xadicha, Saidov Safarboy fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yig`ilishni maktab direktori Sh. Jumatov yopiq deb e’lon qildi.
Yuqorida ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi.

Yig`ilish qarori:

1.Bola ta’lim tarbiyasida maktab-oila-mahalla hamkorligi samarali tashkil qilinsin ;
2.Maktab amaliyotchi psixologi tomonidan mahalla faollari bilan hamkorlikda yosh ota-onalar uchun bola ta’lim-tarbiyasi bo`yicha seminarlar tashkil qilinsin;
3.Yuqoridagini nazorat qilish maktab direktori Sh. Jumatovga yuklatilsin.

Maktab direktori: Sh. Jumatov

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]