“Nukus” mahalla fuqarolar yig`inida o`tkazilgan “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro`z bo`lsin !” degan g`oyani o`zida mujassam etgan “Navro`z bayrami” tadbiri 2018 yil 16 mart kuni bo`lib o`tdi. Birlashgan qishlog`ida joylashgan 29-, 30-, 31-, 41-maktab direktorlari, o`qituvchi, ishchi-xizmatchilari,o`quvchilar guruhlari, 31-, 32-maktabgacha ta’lim mussasalari rahbarlari, tarbiyachilari, tarbiyalanuvchilar guruhlari, mahalla faollari, mahalla fuqarolari , tuman madaniyat uyi xodimlaridan bir guruhi, tuman IIB xodimlari guruhi, jami 1061 kishi. Bayram tadbiri mahalladagi 29-maktab stadionida bo`lib o`tdi. Bayram tadbirini “Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov yig`ilganlarni bayram bilan tabriklagan holda ochiq deb e’lon qildi. Bayram tadbirini o`tkazish tartibi bilan tanishtirdi. Belgilangan tartib asosida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari chiqishlari namoyish etildi. Bunda milliylikka e’tibor berilib, o`quvchilar milliy kiyimlarda yoshlariga mos qo`shiqlarga, navro`z, bahor, yoshlik haqidagi qo`shiqlarga raqsga tushdilar, sahna ko`rinishlari namoyish qilishdi. Maktabimiz o`quvchilari ijrosidagi qo`shiq, raqslar jam bo`lgan kompozitsiya yig`ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. Tuman madaniyat xodimlari kuylagan qo`shiqlar yig`ilganlarga manzur bo`ldi. Bayram tadbiri ishtirokchilari raqsga tushdilar. Qishloqdagi maktablar yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan arqon tortishish musobaqasi, kurash musobaqalari ayniqsa qizg`in kurashlarga boy bo`ldi, kurashchilar tomoshabinlar olqishiga sazovar bo`lishdi, g`olib sportchilar tashkiliy qo`mita sovg`alari bilan taqdirlanishdi. Bayram tadbiri qishloq ahlida chuqur taassurot qoldirdi, ularda shukronalik hissini oshirdi. “Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov bayram qatnashchilarini barcha jabhalarda yil bo`yi yanada g`ayrat – shijoat, fidoiylik ko`rsatishga undab, bayram tadbirini yopiq deb e’lon qildi.