gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “9-may – xotira va qadrlash kuni” hamda “2015 yil – keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan maktabimizda tadbir o`tkazildi.

“9-may – xotira va qadrlash kuni” hamda “2015 yil – keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan maktabimizda tadbir o`tkazildi.

"9-may – xotira va qadrlash kuni” hamda "2015 yil – keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan maktabimizda tadbir o`tkazildi.  Tadbirda sobiq maktab direktorlari X. Xalillayev, O. Rajapov, D. Rajapov, M. Safarboyev, "Mahalla” xayriya jamg`armasi tuman bo`linmasi raisi Sh. Abdullayev, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, maslahatchi O. O`razmetova, sobiq o`qituvchilar Y. Rajapov, Z. Do`schanova, S. O`razaliyevalar, nafaqadagi qishloq xo`jaligi sohasidagi  sobiq rahbarlardan J. Xo`jametov, 19 nafar o`qituvchi, 7 nafar ishchi-xizmatchi, 261 nafar o`quvchi,  jami 298 nafar  kishi qatnashdi.

    Maktab direktori Sh. Jumatov "9-may – xotira va qadrlash kuni” hamda "2015 yil – keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirni ochiq deb e’lon qildi va barchani bayram bilan qutladi va o`quvchi-yoshlarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi. Tadbirni 6-sinf o`quvchilari I. Tursunboyeva, F. Yangiboyev olib bordi. Sinflar bayram munosabati bilan tayyorlagan chiqishlarini namoyish qildilar va yig`ilganlar olqishlariga sazovar bo`ldilar.

     Mehmonlar o`quvcilarga bugungi tich, oyosishta hayot qadriga yetib yashash kerakligi, yurtimiz kundan-kun rivojlanib taraqqiy etib borayotganligi haqida gapirdilar.

         Maktab o`quvchilaridan "Bilimlar bellashuvi tuman bosqichida g`olib bo`lgan 11 nafar o`quvchi. "Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovi tuman bosqichida g`olib bo`lgan maktab guruhi 8 nafar a’zosi va rahbari, "9-may – xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o`tkazilgan sport musobaqalarda g`olib bo`lgan 8 nafar o`quvchi maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Faxriy yorliqlarni  tadbir mehmonlari topshirishdi.

         Maktab direktori mehmonlarga sog`lik-salomatlik, uzoq umr, o`quvchilarga ilm cho`qqilarini zabt etishda omad, sabr-toqat tilab tabbirni yopiq deb  e’lon qildi.

 

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]